Kanada Xitoydagi koronavirus epidemiyasi tufayli 188 fuqarosini evakuatsiya qildi

Xitoyning virus tarqalish markazi hisoblangan Xubey provinsiyasidan 130 nafar Kanada fuqarosi va ularning oila-a’zolari bo’lib, jami 188 kishi evakuatsiya qilingan.

1357926
Kanada Xitoydagi koronavirus epidemiyasi tufayli 188 fuqarosini evakuatsiya qildi

 

Kanada Xitoyda keng tarqalib borayotgan yangi turdagi koronavirus COVID-2019 epidemiyasi tufayli 188 fuqarosini evakuatsiya qildi.

Ma’lumki, Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti yangi koronavirusga rasman nom berdi va u COVID-2019 deb ataldi.

Kanada tashqi ishlar vaziri Franchois-Philipp Champagne ma’lum qilishicha, Xitoyning virus tarqalish markazi hisoblangan Xubey provinsiyasidan 130 nafar Kanada fuqarosi va ularning oila-a’zolari bo’lib, jami 188 kishi evakuatsiya qilingan.

Ular o’tgan hafta Uxan shahridan evakuatsiya qilingan 213 nafar kanadalik bilan birga Trenton harbiy bazasida ikki haftalik maxsus karantinga olindi.

Ma’lumotga ko’ra, Kanadada koronavirusga chalinganlar soni 7 kishiga yetdi.

Sog’liqni saqlash vazirligi ma’lumotiga ko’ra, virusdan kasallangan 4 kishi Ontario, 3 kishi esa British Columbia shtatida yashaydi.

Xalqaro taraqqiyot vaziri Karina Gould koronavirus epidemiyasiga qarshi kurash faoliyatlariga ko’mak berish uchun Jahon sog’liqni saqlash tashkilotiga 2 mln dollar pul o’tkazganligini ma’lum qildi.

Shu bilan birga, Kanada Xitoyga taxminan 16 tonna tibbiy ashyo yubordi. Ular orasida virusdan himoyalovchi maxsus kiyimlar, yuz niqobi, maska, ko’zoynak, qo’lqop va boshqa tibbiy ashyolar bor.



Aloqador xabarlar