AQShda birinchi marotaba turk millatiga mansub Politsiya idorasi raisi tayinlandi

Paterson munitsipaliteti rahbari: “Baycora, Paterson shahrining birinchi turk, birinchi musulmon, birinchi kimyo muhandisligi bo'yicha ta’lim olgan muduridir”.

1353918
AQShda birinchi marotaba turk millatiga mansub Politsiya idorasi raisi tayinlandi

Amerika Qo’shma Shtatlarida birinchi marotaba turk millatiga mansub Politsiya idorasi raisi tayinlandi.

AQShning Paterson Politsiya idorasida 32 yildan beri ishlab kelayotgan Ibrahim Mike Baycora, Paterson munitsipalitetida uyushtirilgan qasamyod marosimi ortidan rasmiy ravishda o’z vazifasini boshladi.  

Turk diplomatik vakolatxona vakillaridan tashqari Nyu-York va Nyu-Jersida istiqomat qilgan turk jamiyati a’zolari, Paterson yetakchiligining oliy darajali rasmiylari va Baycoraning oilasi va yaqinlari ishtirok etgan marosim, Amerkaning Milliy madhiyasi va duolar bilan boshladi.

Paterson munitsipaliteti rahbari Andre Sayegh, marosimdagi nutqida:

“Baycora, Paterson shahrining birinchi turk, birinchi musulmon, birinchi kimyo muhandisligi bo'yicha ta’lim olgan muduridir” deya gapirdi.

Sayegh, Baycoraning uzoq yillar davomida politsiya tashkilotida davom etgan sa’y-harakatlari tufayli usbu vazifaga loyiq deb topilganini belgilab o’tgan holda,

“Baycora, Amerikaning mo’jizasidir. Bugungi o’rniga o’zining mehnati orqali keldi. Bu Patersonning g’alabasidir. Amerikani o’z uyi hisoblagan muhojirlarning yutug’idir” degan ifodalarga o'rin berdi.

Roppa-rosa 228 yillik tarixiy binoda uyushtirilgan marosimda Baycora, Qur’on kitobini ushlab qasam ichdi.  

Baycora o’z so’zida, Patersonning yarim asrlik uyi ekanligini, bu shaharga xizmat qilishdan xursand bo’lishini qayd etdi.

Marosim ortidan turk tilida qilingan duo ortidan, tabriklarni qabul qilgan Baycora, turk ekanligidan va tug’ilib o’sgan yurtidan faxrlanishini ta’kidladi.



Aloqador xabarlar