Mahmud Abbos Falastinni AQSh siyosatiga qarshi himoya qilgan Yevroittifoqni taqdirladi

Falastin Davlat rahbari Mahmud Abbos Yevroittifoqning tashqi ishlar va xavfsizlik siyosati bo‘yicha oliy vakili Jozep Borrel bilan telefon orqali muloqot qildi.

1353639
Mahmud Abbos Falastinni AQSh siyosatiga qarshi himoya qilgan Yevroittifoqni taqdirladi

 

 

Falastin Davlat rahbari Mahmud Abbos xalqaro qarorlar, Arab davlatlari tinchlik tashabbusi va ikki davlatli yechimga sodiq ekanligini takrorladi.

Falastindagi WAFA xabar agentligi ma’lum qilishicha, Falastin Davlat rahbari Mahmud Abbos Yevroittifoq tashqi ishlar va xavfsizlik siyosati bo‘yicha oliy vakili Jozep Borrel bilan telefon orqali muloqot qildi.

Muloqot chog’ida, Mahmud Abbos Yevroittifoqning adolatli va doimiy tinchlik o’rnatish yo’lida amalga oshirayotgan xizmatlarini taqdirladi.

Jozep Borrel ham Yevroittifoq ikki davlatli yechim va tinchlik o’rnatish maqsadida olib borilayotgan barcha tashabbuslarni qo’llab quvvatlashini ma’lum qildi.

Uning ta’kidlashicha, Yevroittifoq Yaqin Sharqdagi vaziyatni barqarorlashtirish bo‘yicha tashabbus doirasida Isroil tomonidan bosib olingan Falastin hududlarini tan olish to‘g‘risidagi AQShning taklifini qabul qilmaydi. 

Borrel kechagi yozma bayonotida, Yevroittifoqning transatlantik hamkorligi va Isroil-Falastin mojarolarini tinch yo’l bilan hal qiladigan har qanday tashabbusni qo’llab quvvatlashini qayd etgandi.

Shu bilan birga, 28 yanvarda Donald Tramp taklif qilgan “asr kelishuvi” ya’ni Falastinning bosib olingan hududlarini Isroilniki deb tan olish to‘g‘risidagi taklifi xalqaro kelishuv me'yorlari va BMT Xavfsizlik kengashi rezolyutsiyalariga to’g’ri kelmasligini ma’lum qilgandi.

Eslatish joziki, 28 yanvarda AQSh prezidenti Donald Tramp Falastin-Isroil mojarosini hal qilishga qaratilgan rejasini e'lon qildi. Ushbu rejada Falastin hududida qurilgan yahudiy aholi maskanlarini Isroilniki deb tan olish, Quddusni Isroilning "bo‘linmas" poytaxti, Sharqiy Quddusni esa Falastin poytaxtiga aylantirish taklifi o‘rin olgandi. 

Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu bu tashabbusni qo‘llab-quvvatladi, Falastin yetakchisi Mahmud Abbos esa qat'iyan rad etdi.



Aloqador xabarlar