Gruziyaning Bagdati shahridagi yong'inda 6 kishi hayotdan ko'z yumdi

Gruziyaning Bagdati shahrida bir uyda sodir bo’lgan yong’inda 6 kishi hayotdan ko’z yumdi. Ulardan 4 nafari yosh bola.

1353104
Gruziyaning Bagdati shahridagi yong'inda 6 kishi hayotdan ko'z yumdi

 

Gruziyaning Bagdati shahrida bir uyda sodir bo’lgan yong’inda 6 kishi hayotdan ko’z yumdi. Ulardan 4 nafari yosh bola.

Bu haqda Gruziya ichki ishlar vazirligi Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi ma’lum qildi.

Ma’lumotga ko’ra, kecha tunda Bagdati shahrida joylashgan Akaki Tsereteli ko’chasida ikki qavatli binoda yong’in yuz berdi.

Yong’inda 6 kishi jon berdi. Ulardan 5 nafari bir oiladan hisoblanadi.

Voqea yuzasidan tergov-surishtiruv operatsiyasi olib borilmoqda.


Tanlangan kalimalar: #yong'in , #Bagdati , #Gruziya

Aloqador xabarlar