AQSh va Isroil tomonidan e'lon qilingan Yaqin Sharq tinchlik rejasini reaksiyalar davom etmoqda

Amerika Qo'shma Shtatlari Prezidenti Donald Tramp bilan Oq uyda Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxu  tomonidan Yaqin Sharq tinchlik rejasini  bir tomonlama qo’shma matbuoti anjuman bilan e’lon qilishiga reaksiyalar davom etmoqda.

1350137
AQSh va Isroil tomonidan e'lon qilingan Yaqin Sharq tinchlik rejasini reaksiyalar davom etmoqda

Amerika Qo'shma Shtatlari Prezidenti Donald Tramp bilan Oq uyda Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxu  tomonidan Yaqin Sharq tinchlik rejasini  bir tomonlama qo’shma matbuoti anjuman bilan e’lon qilishiga reaksiyalar davom etmoqda.

Yevropa Ittifoqi va Birlashgan Millatlar Tashkilotidan so'ng Eron, Quvayt, Tunis, Jazoir, Livan va Shvetsiya ham Falastinni qo'llab-quvvatlagan   va Trampning rejasiga  reaksiya ko’rsatgan bayonotlar berishdi.

Anti-sionist pravoslav yahudiylar  ham rejaga reaksiya ko’rsatdi, Isroilliklar bu reja tinchlik  olib kelishiga ishonmaydilar.

Eron prezidenti Hasan Ruhoniy AQSh tomonidan qabul qilingan kelishuvni "asrning eng past rejasi" deb baholadi.

Uning ta'kidlashicha, reja Falastin xalqi va musulmonlarning ongi bilan  muvaffaqiyatsizlikka uchraydi dedi.

Tunisdan ham Falastinni parchalash  rejasiga qarshi bayonot keldi.

Tunis parlamenti qoralangan tinchlik rejasini "irqchi" deb baholadi.

"Yaqin Sharqdagi tinchlik Falastin xalqining huquqlarini  tan olish bilan  mumkin bo’ladi ",- dedi Tunis Tashqi ishlar vazirligi.

Jazoir ma'muriyati ham  Falastinni qo'llab-quvvatlayotganini tushuntirib, Falastin xalqining mustaqil davlat va Sharqiy Quddus  poytaxti bo'lish huquqi "abadiy" huquq ekanligini ta'kidladi.

Quvayt Tashqi ishlar vazirligi ham rejaga reaksiya ko’rsatib, Falastin masalasi adolatli hal etishga faqat xalqaro qonuniy qarorlar bilan erishish mumkinligini ma'lum qildi.

AQShdagi anti-sionist pravoslav yahudiylar ham Trampning rejasiga qarshi chiqishdi, guruhning yetakchi rahbarlari Vashingtonda qo'shma bayonotlar berib AQSh va Isroilga qarshi reaksiya ko’rsatdi.

Shvetsiyadan AQShga ajoyib  bir reaktsiya keldi.

Shvetsiya Tashqi ishlar vaziri Ann Linde, G'arbiy Sohilning Isroil tomonidan to'liq qo'shib olinishi xalqaro huquqqa zid ekanligini ta'kidladi.

Lindeni faollar ham qo'llab-quvvatladi.

AQShning  "Asr kelishuvi" ga Isroilliklar ham ishonishmadi.

Buyuk Britaniyada joylashgan jamoatchilik fikrini o'rganish firmasi tomonidan o'tkazilgan so'rovga  qatnashgan Isroilliklarning 61 foizi ushbu reja tinchlik olib kelmasligini aytishdi.

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 


Tanlangan kalimalar: #Davom , #Reaksiya , #Dunyo , #Rejasi , #Tinchlik , #Yaqin sharq , #Isroil , #AQSh

Aloqador xabarlar