Yangi turdagi koronavirus yuqtirib olganlardan 239 nafarining ahvoli og’ir

Xitoyda paydo bo’lgan yangi turdagi koronavirus (2019-nCoV) oqibatida jon berganlar soni 132 nafarga yetar ekan uni yuqtirib olgan bemorlar soni esa 5974 nafar deb qayd etildi.

1349640
Yangi turdagi koronavirus yuqtirib olganlardan 239 nafarining ahvoli og’ir

Xitoyda paydo bo’lgan yangi turdagi koronavirus (2019-nCoV) oqibatida jon berganlar soni 132 nafarga yetar ekan uni yuqtirib olgan bemorlar soni esa 5974 nafar deb qayd etildi.

Milliy sog'liqni saqlash komissiyasi tomonidan mavzu haqida berilgan ma’lumotga ko’ra Tibet avtonom viloyatidan tashqari yurt bo’ylab keng tarqagan yangi turdagi koronavirus (2019-nCoV) kasalligi tufayli 132 nafar kishi jon bergan. Jon berganlardan tashqari 5974 kishi mazkur kasallikni o’ziga yuqtirib olar ekan ulardan 239 nafarining ahvoli og’ir.

Shu bilan birga virus yuqtirib olgan bo’lishlari mumkinlar soni 9239 nafarga chiqar ekan virus yuqtirib olganlar bilan qanaqadir aloqada bo’lgan 59 990 kishi esa nazorat ostiga olingan.

Bugungacha mazkur virusdan davolanib, shifo topganlar soni esa 103 nafardir.

Bundan tashqari virusdan aziyat chekkanlar soni Gonkong maxsus ma'muriy tumanida 8, Makao maxsus ma'muriy tumanida esa 7 nafarga yetdi.

Koronavirusning epitsentri ekanligi qayd etilgan Xubey viloyatida jami kasallik yuqtirib olganlar soni 3554 nafarga chiqar ekan jon berganlarning 125 nafarining ham mazkur kasallikni Xubeyda yuqtirib olganligi ma’lum bo’ldi.

Mamlakat bo’ylab yangi turdagi koronavirus kasalligi haqida ma’lumot bo’lishish platformasi ma’lumotiga ko’ra mazkur kasallik Xitoydan tashqari Tailandda 14, Yaponiyada 7, Singapurda 4, Amerikada 5, Avstraliya, Fransiya, Germaniya va Janubiy Koreyada 4, Malayziyada 3, Vetnamda 2, Nepal, Kanada, Kambodja va Shri-Lankada 1 kishida kuzatilgan.

 



Aloqador xabarlar