Bag’dodda AQSh elchixonasi joylashgan “Yashil hudud”ga 5 ta raketa otildi

"Hujumni qattiq qoralaymiz. Xavfsizlik kuchlarimizga javobgarlarni darhol aniqlab, qo’lga olinishi uchun buyruq berdik”,-deb aytgan mamlakat bosh vaziri Odil Abdulmehdiy.

1348164
Bag’dodda AQSh elchixonasi joylashgan “Yashil hudud”ga 5 ta raketa otildi
Adil Abdulmehdi.jpg

 

 

Iroq poytaxti Bag’dodda o’ta qattiq qo’riqlanadigan “Yashil hudud”ga 5 ta katyusha raketasi otildi.

Mamlakat bosh vaziri Odil Abdulmehdiy ma’lum qilishicha, raketalardan biri “Yashil hudud”da joylashgan AQSh elchixonasiga kelib tushgan.

“AQSh elchixonasiga otilgan raketa xorij davlatlarning diplomatik vakolatxonalariga nisbatan sodir etilgan dushmanlarcha hujumlardan biridir. Hujumni qattiq qoralaymiz. Xavfsizlik kuchlarimizga javobgarlarni darhol aniqlab, qo’lga olinishi uchun buyruq berdik”,-deb aytgan Odil Abdulmehdiy.

Bunday hujumlar Iroqni to’qnashuv girdobiga tortishi haqida ogohlantirgan Odil Abdulmehdiy Iroq davlati mamlakatda faoliyat ko’rsatayotgan xorij davlatlari elchixonalarini qo’riqlash va ularning xavfsizligini ta’minlashdan mas’ul ekanligini ma’lum qildi.

Qolaversa, Iroq mudofaa vazirligidan bir vakil raketa hujumidan so’ng AQShga oid harbiy vertolyot AQSh elchixonasi oldiga qo’nganligini ma’lum qildi.

Vakillarning taxminiga ko’ra, yaradorlarni olib ketish maqsadida vertolyot yuborilgan bo’lishi mumkin.

Olingan yana bir ma’lumotga ko’ra, raketa hujumidan so’ng AQSh elchixonasining ustki restoran qavatida yong’in yuz bergan.


Tanlangan kalimalar: #hujum , #yashil hudud , #AQSh elchixonasi , #Bag'dod , #Iroq

Aloqador xabarlar