Afg’oniston shimolida “Tolibon” harakati jangarilari chegara postiga hujum qildi

Hujumda 8 nafar chegara qo’riqchisi halok bo’lgan, shuningdek otishmalarda 2 jangari o’ldirilgan.

1347523
Afg’oniston shimolida “Tolibon” harakati jangarilari chegara postiga hujum qildi

 

Afg’oniston shimolidagi Juzjon viloyatida “Tolibon” harakati jangarilari chegara postiga hujum qildi.

Hujum oqibatida 8 nafar chegara qo’riqchisi halok bo’ldi.

Juzjon viloyati Xavfsizlik boshqarmasi rahbari Abdul Voxid Vijdon ma’lum qilishicha, Tolibon jangarilari Juzjon viloyatiga qarashli Mengutey hududida joylashgan chegara postiga hujum qilgan.

Uning ta’kidlashicha, hujumda 8 nafar chegara qo’riqchisi halok bo’lgan. Shuningdek, otishmalarda 2 jangari o’ldirilgan.

Bundan tashqari, Afg’onistonning Xo’st viloyati Alisher tumanidagi to’y marosimi vaqtida portlash sodir etildi.

Portlash oqibatida 20 kishi jarohatlandi. Ulardan 3 nafari og’ir ahvolda.

Xo’st hokimligi vakili Tolib Mangalning so’zlariga ko’ra, bu voqea Alisher tumanida joylashgan Varis qishlog’ida ro’y bergan.

Voqea yuzasidan tergov operatsiyasi boshlandi.

Hozircha portlash uchun javobgarlikni hech bir terror guruhi zimmasiga olmagan.

 

 


Tanlangan kalimalar: #chegara posti , #hujum , #Tolibon , #Afg'oniston

Aloqador xabarlar