Isroil politsiyasi al-Aqsa masjidiga bosqin uyushtirdi

Isroil politsiyasi ishg’ol ostidagi Sharqiy Quddusning Eski shahar tumanida joylashgan al-Aqsa masjidiga bosqin uyushtirdi.

1346545
Isroil politsiyasi al-Aqsa masjidiga bosqin uyushtirdi

Isroil politsiyasi ishg’ol ostidagi Sharqiy Quddusning Eski shahar tumanida joylashgan al-Aqsa masjidiga bosqin uyushtirdi.

Isroil politsiyasi Isroil tomonidan Quddusdagi muqaddas makonlarga qanchalik ziyon berilganiga e’tibor qarattish uchun bomdod namozini al-Aqsa masjidida o’qigan falastinliklarni zo’rovonlik bilan tashqariga chiqardi.

Shuningdek Sharqiy Quddusdagi “Vadi Hilva” ma’lumot markazi tomonidan mavzu haqida yozma ravishda berilgan bayonotda, Isroil politsiyasining tong saharlab Quddusning turli hududlarida falastinliklardan 13 kishini nazorat ostiga olganligi ma’lum qilindi.

Aytib o'tish joizki Isroil tomonidan 1967-yili bosib olingan al-Aqsa masjidi, musulmonlarning birinchi qiblagohi sifatida alohida o’ringa egadir.

Yahudiylar, ichida “Qibla” masjidi bilan “Qubbatus sahro” jome’ masjidi shuningdek muzey, madrasalar va katta hovli joylashgan al-Aqsa majmuasi ostida Sulaymon Ma’badi xarobalari borligi iddiosi bilan qazish ishlari yuritmoqda. Shu bois ham al-Aqsa masjidida o’zlarinig ham ibodat qilish huquqi borligini iddio etmoqdalar.



Aloqador xabarlar