Vladimir Putin yangi vazirlar mahkamasi tarkibi haqidagi farmonni imzoladi

Yangi hukumatda TIV rahbari Sergey Lavrov, mudofaa vaziri Sergey Sho’ygu, energetika vaziri Aleksandr Novak, ichki ishlar vaziri Vladimir Kolokoltsev o’z lavozimini saqlab qolar ekan, iqtisodiyot, adolat, sport va madaniyat vazirlari almashdi.

1345197
Vladimir Putin yangi vazirlar mahkamasi tarkibi haqidagi farmonni imzoladi

 

Rossiya prezidenti Vladimir Putin yangi vazirlar mahkamasi tarkibi haqidagi farmonni imzoladi.

Putin tomonidan tasdiqlangan yangi vazirlar mahkamasida tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov, mudofaa vaziri Sergey Sho’ygu, energetika vaziri Aleksandr Novak, ichki ishlar vaziri Vladimir Kolokoltsev o’z lavozimini saqlab qolar ekan, iqtisodiyot, adolat, sport va madaniyat vazirlari almashdi.

Shuningdek, yangi hukumatda Andrey Belousov bosh vazirning birinchi o‘rinbosari bo’ldi. U avval Putinning iqtisodiy masalalar bo’yicha maslahatchisi edi.

Yangi hukumatda iqtisodiy rivojlanish vaziri Maksim Oreshkinning o’rniga Maksim Reshetnikov tayinlandi.

Hujjatga ko‘ra, Rossiyaning yangi bosh vaziri Mixail Mishustinning 9 nafar o‘rinbosari bo‘ladi.

Ular Andrey Belousov - bosh vazirning birinchi o‘rinbosari; Dmitriy Grigorenko - bosh vazir o‘rinbosari, hukumat apparati rahbari;

Yuriy Trutnev -bosh vazir o‘rinbosari va Uzoq Sharq federal okrugidagi doimiy vakil;

Viktoriya Abramchenko, Tatyana Golikova, Yuriy Borisov, Dmitriy Chernishenko, Aleksey Overchuk, Marat Xusnullin bosh vazir o‘rinbosarlari etib tayinlandilar.

Bundan tashqari, Oleg Matitsin — sport vaziri; Olga Lyubimova — madaniyat vaziri; Konstantin Chuychenko — adliya vaziri etib tayinlandi.

Prezident Vladimir Putin yangi vazirlar mahkamasi vakillari bilan o’tkazgan birinchi majlisda barcha vakillarga yangi lavozimlarida katta muvaffaqiyatlar tiladi.

 

 



Aloqador xabarlar