Bag'doddagi "Yashil hudud"ga raketa hujumi sodir etildi

"Yashil hudud atrofiga 3 ta katyusha raketasi kelib tushdi",-deb ma'lum qiladi Iroq hukumatiga qarashli xavfsizlik manbalari.

Bag'doddagi "Yashil hudud"ga raketa hujumi sodir etildi

 

Iroq poytaxti Bag'dodda hukumat binolari joylashgan o'ta qattiq qo'riqlanadigan "Yashil hudud"ga raketa hujumi sodir etildi.

Bu haqda Iroq hukumatiga qarashli xavfsizlik manbalari ma'lum qildi.

"Yashil hudud atrofiga 3 ta katyusha raketasi kelib tushdi",-deyiladi ma'lumotda.

Raketa hujumida qurbonlar yoki jabrlanganlar yo'qligi aytilmoqda.

Bundan avval ham o'ta qattiq qo'riqlanadigan "Yashil hudud"da joylashgan AQSh elchixonasi yaqiniga bir necha marta raketa otilgandi.

 

 

 

 


Tanlangan kalimalar: hujum , Bag'dod , AQSh , Yashil hudud , Iroq

Aloqador xabarlar