Rossiyaning bombardimoni oqibatida idlibliklardan yana 4 kishi jon berdi

Rossiyaning urush uchoqlari tomonidan Halab viloyatining “Idlibdagi taranglikni kamaytirish hududi”ning g’arbidagi turar-joy punktlariga qarshi uyushtirilgan bombardimoni oqibatida tinch aholidan 4 kishi jon berdi.

1343094

Muxolif guruh ma’lumotiga ko’ra Rossiyaga oid urush uchoqlari kecha kechqurun Halabning g’arbidagi Daret Izze tumani, Hute, Sellum va Bala fermasiga qarshi hujum uyushtirgan.

Harbiy bo’lmagan muxolafat manbaalariga ko’ra Bala fermasiga qarshi uyushtirilgan bombardimonda tinch aholidan 4 kishi jon bergan. Jon berganlardan 2 nafari yosh bola bo’lgan.

Shu bilan birga Asad jangarilari va Eron tomonidan qo’llab-quvvatlangan chet ellik terrorist guruhlardan tashkil topgan rejim kuchlari bilan Rossiyaning hujumlari natijasida Halab viloyatining Idlibdagi taranglikni kamaytirish hududida qolgan tinch aholining, Turkiya chegarasi tomon ko’chish ishlari davom etmoqda.

Rossiyaning hujumlari Turkiya bilan 2018-yilning 17-sentabridagi Sochi kelishuvidan ko’p o’tmay davom etdi. Idlibdagi taranglikni kamaytirish hududini nishonga olgan Rossiya, rejim va Eron tomonidan qo’llab-quvvatlangan chet ellik terroristlar faqatgina 2019-yilning boshidan beri Turkiya chegarasiga yaqin nuqtaga, tinch aholidan qariyb 1 million 300 ming kishining ko’chishiga yo’l ochdi. Bombardimonlarda 1600 dan ortiq kishi jon berdi.

Aloqador xabarlar