Shvetsiya armiyasida 20 yil xizmat qilgan soxta ofitser qo'lga olindi

Shvetsiya armiyasi safida 20 yil xizmat qilgan soxta ofitser 2013 yili Belgiyadagi NATO qarorgohida faoliyat ko’rsatganligi aniqlandi.

1341910

Dagens Nyheter gazetasining xabariga ko’ra, armiyada “polkovnik” unvonigacha ko’tarilgan soxta diplomli 1000ga yaqin ofitser bor. Ular bir qator xalqaro tashkilotlarda oliy martabali lavozimlarda ishlaydi.

Xabarga ko’ra, soxta ofitser 2013 yili Belgiyadagi NATO qarorgohida xizmat qildi. 2019 yili esa, BMT nomidan Mali Respublikasidagi shvet harbiylariga qo’mondonlik vazifasini bajardi.

Bir qancha xalqaro harbiy lavozimlarda Shvetsiya nomidan qo’mondonlik vazifasini bajarib kelgan soxta ofitser Shvetsiya harbiy razvedka va xavfsizlik xizmatida 4 yil faoliyat ko’rsatganligi aniqlandi.

Shvetsiya Mudofaa vaziri Peter Hultqvist bu holatga aniqlik kiritar ekan, davlat harbiy bosh shtabi ushbu suxta ofitser ustidan jinoiy ish qo’zg’atilganligini ma’lum qildi.

Tanlangan kalimalar: #NATO , #soxta ofitser , #Shvetsiya

Aloqador xabarlar