Erondagi aviahalokatga aloqadorlikda gumon qilingan bir necha kishi qo‘lga olindi

Xabarga ko’ra, samolyotni nishonga olish jarayonini tasvirga tushirgan va ushbu tasvirlarni Saudiya Arabistoniga qarashli telekanalga yuborgan shaxs xavfsizlik kuchlari tomonidan qo’lga olindi.

Erondagi aviahalokatga aloqadorlikda gumon qilingan bir necha kishi qo‘lga olindi

 

Tehrondagi Imom Humeyni Xalqaro aeroportidan Kiyevga parvoz qilgan “Ukraina xalqaro avialiniyalari” aviakompaniyasiga tegishli “Boeing 737” samolyotining Eron mudofaa tizimi tomonidan urib tushirilishini tasvirlaganligi sababli bir kishi qo’lga olinganligi ilgari surildi.

Bu haqda Nabaapress xabar sayti ma’lum qildi.

Xabarga ko’ra, samolyotni nishonga olish jarayonini tasvirga tushirgan va ushbu tasvirlarni Saudiya Arabistoniga qarashli telekanalga yuborgan shaxs xavfsizlik kuchlari tomonidan qo’lga olindi.

Eron sudi vakili G’ulom Husayin Ismoiliy “Ukraina xalqaro avialiniyalari” aviakompaniyasi halokatiga aloqadorlikda gumon qilingan bir necha kishi qo‘lga olinganini ma'lum qilgandi.

Ismoiliy poytaxt Tehronda o’tkazilgan matbuot anjumanida samolyotning qora qutisi Fransiyaga yuborilganligini ma’lum qilgandi.

Eslatma: “Ukraina xalqaro avialiniyalari” aviakompaniyasining “Boeing 737” samolyoti 8 yanvar tongida Tehrondan Kiyevga parvoz qilayotganda, aeroportdan havoga ko‘tarilganidan bir necha daqiqa o‘tib qulab tushgan, aviahalokat oqibatida samolyot bortida bo‘lgan 176 kishi halok bo‘lgandi.

Tehron hukumati avvaliga Eron qo’shini tomonidan urib tushirilganligi haqidagi iddaolarni qat’iyan rad etgandi. Biroq, halokatdan uch kun o‘tib, Eron samolyot xatolik tufayli urib tushirilganini tan olgandi.


Tanlangan kalimalar: aviahalokat , Boeing 737 , Eron

Aloqador xabarlar