Tehronda rejimga qarshi uyushtirilgan namoyishlar kecha ham davom etdi

Eron poytaxti Tehronda Ukraina uchog’ining qulatilishiga e’tiroz bildirish maqsadida rejimga qarshi tunov kuni boshlagan namoyishlar kecha ham davom etdi.

1339641
Tehronda rejimga qarshi uyushtirilgan namoyishlar kecha ham davom etdi

Eron poytaxti Tehronda Ukraina uchog’ining qulatilishiga e’tiroz bildirish maqsadida rejimga qarshi tunov kuni boshlagan namoyishlar kecha ham davom etdi.  

Tehrondagi Ozodiy maydonida uyushtirilgan namoyishlarda namoyishchilar, “Dushmanimiz shu yerda, yolg’ondan Amerikani ayblamoqdalar”, “Diktatorga o’lim”, “Meni fitnalikda ayblama, fitna sensan” deb hayqirdilar.

Xavfsizlik kuchlari bilan inqilobiy soqchilar tomonidan xavfsizlik bo’yicha choralar ko’rilgani, namoyishchilarning kaltaklangani, ko'zdan yosh oqadigan gaz kabi usullardan foydalanilgani kuzatildi.

Sobiq prezident Ali Akbar Hoshimiy Rafsanjoniyning qizi Foiza Hoshimiy ham namoyishda ishtirok etganlar orasida edi.

Shuningdek AQSh Davlat rahbari Donald Trump eronlik liderlarga namoyishchilarni o’ldirmaslikka chaqirdi.

Donald Trump Twitter hisobi orqali mavzu haqida qoldirgan postida, “Minglab kishining Eron yetakchiligi tomonidan o’ldirilganligini yoki qamalganini” iddio etdi.

Trump,

“Butun dunyo kuzatmoqda, eng muhimi AQSh. Internetni qayta yoqing va jurnalistlarning erkin faoliyat olib borishiga ruxsat bering. Buyuk Eron xalqingizni o’ldirishni bas qiling” degan ifodalarga o’rin berdi.

Aytib o'tish joizki Tehrondagi Imom Humayniy nomidagi xalqaro aeroportdan Ukraina poytaxti Kiyev tomon yo’l olgan Boeing 737 rusumidagi yo’lovchi uchog’ining 8-yanvar haftaning chorshanba kuni ko’tarilishidan ko’p o’tmay yerga qulashi oqibatida uchoqdagi 176 kishi jon bergandi.

Uchoqning Eron armiyasi tomonidan raketa orqali qulatilganligi haqidagi iddiolarga qarshi chiqqan Tehron yetakchiligi, voqeadan 3 kun o’tib yo’lovchi uchog’ining “cruise raketasi” deb tahmin qilinganligini va qisqa masofali raketa orqali “bilmasdan, yanglishib” urilganini tan olgandi.  

 


Tanlangan kalimalar: #Tehron , #Ukraina , #Boeing 737

Aloqador xabarlar