Eronning Siston-Belujiston viloyatida sel falokati ro’y berdi

“Pishin va Zindon suv omborlarining toshishi natijasida taxminan 400 qishloq suv ostida qolib ketgan”,-dedi Siston-Belujiston viloyati hokimi.

Eronning Siston-Belujiston viloyatida sel falokati ro’y berdi

 

Eronning Siston-Belujiston viloyatida kuchli yog’ingarchilik oqibatida sel falokati ro’y berdi.

Selda 1 kishi halok bo’ldi, 8 kishi jarohatlandi.

Eronlik talabalar xabar agentligiga (ISNA) intervyu bergan sog’liqni saqlash vazirligi qoshidagi tabiiy ofatlarni boshqarish agentligi xodimi Muhammad Mutloq: “Siston-Belujiston viloyatiga qarashli Eronshahar, Chabahar, Xash, Dekxan, Seravan, Serbaz, Kenarek, Mirjave va Niykshahar hududlariga sel keldi. Serbazda 1 kishi selda halok bo’ldi, 8 kishi yaralandi”,-dedi.

Eron rasmiy xabar agentligi IRNA ma’lum qilishicha, Siston-Belujiston viloyati hokimi Ahmed Ali Muhubeti 48 soatdan beri davom etayotgan kuchli yog’ingarchiliklar oqibatida sel kelganligini ma’lum qilgan.

“Pishin va Zindon suv omborlarining toshishi natijasida taxminan 400 qishloq suv ostida qolib ketgan”,-dedi Siston-Belujiston viloyati hokimi.

Seldan jabrlangan aholiga oziq-ovqat va toza ichimlik suvi yetkazildi. Hududda qidiruv-qutqaruv guruhlari ish olib bormoqda.

 


Tanlangan kalimalar: Siston-Belujiston viloyati , sel , Eron

Aloqador xabarlar