Eronda Ukraina Havo Yo’llariga oid yo‘lovchi samolyoti halokatga uchradi

Eron Davlat televideniyesi ma'lum qilishicha, samolyot bortida bo'lgan 180 kishidan omon qolganlar yo‘q.

1336654
Eronda Ukraina Havo Yo’llariga oid yo‘lovchi samolyoti halokatga uchradi

 

Eronda Ukraina Havo Yo’llariga oid “Boing 7437” rusumli yo‘lovchi samolyoti halokatga uchradi.

Samolyot bortida 180 kishi bo’lgan. Ulardan 10 nafari ekipaj xodimlari hisoblanadi.

Ba’zi manbalarda yozilishicha, fojiadan so’ng 176 kishining jasadi topilgan. Yana 4 kishining tirik qolgan bo’lishi mumkinligi taxmin qilinmoqda.

Tehronning 40 km janubidagi Imom Xumayniy nomidagi xalqaro aeroportdan Kiyevga parvoz qilgan samolyotning havoga ko‘tarilishidan ikki daqiqa o‘tib aloqa uzilgan.

Samolyot Tehron yaqinidagi Parand shahri ustidan uchib o‘tayotgan vaqtda qulab tushgan.

Dastlabki ma’lumotlarga ko’ra, samolyotning texnik nosozlik tufayli qulab tushganligi ilgari surilmoqda.

Voqea joyiga darhol qutqaruvchilar va tez yordam xodimlari yetib kelishgan.

Eron Davlat televideniyesi halokatdan omon qolganlar yo‘qligini ma'lum qildi.

 



Aloqador xabarlar