Idlibdagi hujumlar yuzasidan oxirgi to’rt kunda Turkiya chegarasiga ko'chganlar soni ortdi

Suriyaning Idlib shahrida Rossiya, Bashar al-Asad va Eron tomonidan qo’llab-quvvatlangan guruhlarning hujumlari yuzasidan Turkiya chegarasiga oxirgi to’rt kunda tinch aholidan 31 ming kishi ko’chib keldi.

1336222

Bu orqali o’tgan yilning noyabr oyining boshidan beri o’z uy-joylaridan mahrum bo’lganlar soni 359 ming 471 nafarga yetdi.

Hujumlar takror avj olgudek bo’lsa unda Idlibning janubidagi Jabal az-Zaviya hududida ham ko’chib o’tishlarning boshlashidan, bu orqali yana 250 ming nafar kishining o’z uy-joyidan mahrum bo’lishidan xavotir olinmoqda.

Idlibdagi lagerlarning to’lishi, yangi chodir quriladigan o'rinning yo’qligi va ko’maklarning kamayishi tufayli minglab kishi jon saqlaydigan boshpana topishda qiynalmoqda.

Hujumlardan qochib uysiz qolgan minglab oila, yordam kutmoqda.

Idlibdagi taranglikni kamaytirish hududini nishonga olgan Rossiya, rejim va Eron tomonidan qo’llab-quvvatlangan terroristlar, faqatgina 2019-yilning boshidan beri Turkiya chegarasi yaqinlariga qariyb 1 million 300 ming nafar tinch aholining ko’chib o’tishiga sabab bo’ldi.

Bombardimonlarda 1600 dan ortiq kishi jon berdi.

Aloqador xabarlar