Amerika Eron tashqi ishlar vaziri Muhammad Javod Zarifga viza bermadi

Nyu-Yorkdagi BMT sammitida ishtirok etish AQShning qilmishlarini dunyoga e’lon qilish jihatidan katta fursat ekanligini tilga olgan Zarif, ushbu sammit juda oldindan rejalashtirilganligini bildirdi.

1336395
Amerika Eron tashqi ishlar vaziri Muhammad Javod Zarifga viza bermadi

 

Amerika Qo’shma Shtatlari Eron tashqi ishlar vaziri Muhammad Javod Zarifga viza bermadi.

Uning Nyu-Yorkdagi BMT sammitida ishtirok etishi oldindan rejalangandi.

Muhammad Javod Zarif Tehronda bo’lib o’tgan 23-Xalqaro ko’rfaz konferensiyasi chog’ida bu haqda ma’lum qildi.

Ushbu konferensiyada Afg’onistonning sobiq prezidenti Hamid Karzay, Omman tashqi ishlar vaziri Yusuf bin Alaviy va boshqa bir qator davlatlardan vakillar ishtirok etishgan.

Zarif eronlik general Qosim Sulaymoniyning Iroqda Amerika tomonidan o’ldirilishi ortidan BMT xavfsizlik kengashi anjumanida ma’ruza qilish uchun AQShga safar qilishini va buning uchun viza berilishini talab qilgandi. Biroq, uning talabi qabul qilinmadi.

Nyu-Yorkdagi BMT sammitida ishtirok etish AQShning qilmishlarini dunyoga e’lon qilish jihatidan katta fursat ekanligini tilga olgan Zarif, ushbu sammit juda oldindan rejalashtirilganligini bildirdi.

 



Aloqador xabarlar