Bugun Bag'dodda AQSh elchixonasi yaqiniga yana 2 ta raketa kelib tushdi

Voqeada jarohatlanganlar borligi aytilmoqda. Raketa hujumi to‘g‘risida rasmiy ma'lumot berilmadi.

1335237
Bugun Bag'dodda AQSh elchixonasi yaqiniga yana 2 ta raketa kelib tushdi

 

Iroq poytaxti Bag'dodda AQSh elchixonasi yaqiniga 2 ta raketa kelib tushdi.

Bu haqda xavfsizlik manbalari xabar berdi.

Xabarga ko'ra, o'ta qattiq qo'riqlanadigan "Yashil hudud"da joylashgan AQSh elchixonasi yaqiniga 2 ta raketa kelib tushgan.

Raketalardan biri "Yashil hudud"dan tashqariga tushgan.

Voqeada jarohatlanganlar borligi aytilmoqda. Raketa hujumi to‘g‘risida rasmiy ma'lumot berilmadi.

Eslatma: Bag'doddagi AQSh elchixonasi yaqiniga 4 yanvar shanba kuni ham raketa hujumi sodir etilgandi.

2 yanvardan 3 yanvarga o‘tar kechasi Bag‘dodda Eronning "Al-Quds" maxsus bo‘linmasi qo‘mondoni general Qosim Sulaymoniyning AQSh tomonidan o‘ldirilishidan so‘ng Iroqda vaziyat keskinlashdi.

 

 


Tanlangan kalimalar: #raketa hujumi , #Iroq , #Bag'dod , #AQSh

Aloqador xabarlar