Idlibdagi hujumlar yuzasidan Turkiya chegarasiga oxirgi to’rt kunda 44 ming kishi ko’chib o’tdi

O’tgan yilning noyabr oyining boshidan beri o’z uy-joylaridan mahrum bo’lganlar soni 328 ming nafardan ortdi.

1334235
Idlibdagi hujumlar yuzasidan Turkiya chegarasiga oxirgi to’rt kunda 44 ming kishi ko’chib o’tdi

Suriyaning Idlib shahrida Rossiya, Bashar al-Asad rejimi va Eron tomonidan qo’llab-quvvatlangan guruhlarning hujumlari yuzasidan Turkiya chegarasiga oxirgi to’rt kunda tinch aholidan 44 ming kishi ko’chib o’tdi.

O’tgan yilning noyabr oyining boshidan beri o’z uy-joylaridan mahrum bo’lganlar soni 328 ming nafardan ortdi.

Hujumlar takror avj olgudek bo’lsa unda Idlibning janubidagi Jabal az-Zaviya hududida ham ko’chib o’tishlarning boshlashidan, bu orqali yana 250 ming nafar kishining o’z uy-joyidan mahrum bo’lishidan xavotir olinmoqda.

Idlibdagi lagerlarning to’lishi, yangi chodir quriladigan o'rinning yo’qligi va ko’maklarning kamayishi tufayli minglab kishi jon saqlaydigan boshpana topishda qiynalmoqda.

Hujumlardan qochib uysiz qolgan minglab oila, yordam kutmoqda.



Aloqador xabarlar