Bog'dodda, General Qosim Sulaymoniyning o'ldirilishiga Tehron ma'muriyati qattiq reaksiya ko’rsatdi.

Iroqning  poytaxti Bog'dodda Eron inqilobiy qo'riqchi armiyasining Quddus kuchlari qo'mondoni General Qosim Sulaymoniyning o'ldirilishiga Tehron ma'muriyati qattiq reaksiya ko’rsatdi.

1334074
Bog'dodda, General Qosim Sulaymoniyning o'ldirilishiga Tehron ma'muriyati qattiq reaksiya ko’rsatdi.

Iroqning  poytaxti Bog'dodda Eron inqilobiy qo'riqchi armiyasining Quddus kuchlari qo'mondoni General Qosim Sulaymoniyning o'ldirilishiga Tehron ma'muriyati qattiq reaksiya ko’rsatdi.

Eron hukumati ketma-ket intiqom haqidagi bayonotlar  tarqatmoqda.

3 kunlik milliy motam e'lon qilgan diniy Rahbar  Ali Xamenei

"Jinoyatchilarni  alamli intiqom kutmoqda",- dedi u.

Xamenei bu yo'qotish juda ham  dardli ekanini, ammo kurash g'alabagacha davom etadi va "jinoyatchilar"ning hayotlarini do'zaxga qaytarishini aytdi.

"Sulaymonning o'ldirilishi Amerika Qo'shma Shtatlari  va Isroilga qarshi qarshilik motivatsiyasini ikki baravar oshiradi" dedi u.

Bu haqda prezident Hasan Ruhoniy o'z bayonotida,

"Shubhasiz, Eron millati va mintaqada ozodlikni istagan boshqa davlatlar buning uchun intiqom  oladilar", dedi u.

Tashqi ishlar vaziri Javod  Zarif Sulaymonni  o'ldirish juda xavfli bir  qadam ekanligini va uning oqibatlaridan AQSh javobgar bo'ladi dedi.

Zarif ijtimoiy tarmoq  Tvitter orqali  bir  bayonot berdi, Suloymoniy, DEASh, al-Qoida va Nusra kabi mintaqadagi terror tashkilotlariga qarshi kurashning eng faol kuchlaridan bir  edi.  AQShning  ushbu harakati "xalqaro terrorizm" deya baholadi.

Eronlik  generalining o'ldirilishi  "juda xavfli va ahmoqona " deya izohlagan Zarif

" Amerika qo'shma shtatlarning  yaramas  ushbu harakatining  barcha oqibatlari uchun javobgardir" dedi.

Mudofaa vaziri Emir Xatami,

"Hujumga qarshi albatta  qattiq javon beriladi" dedi.

Eronning rasmiy IRNA agentligiga  Xatamining bergan yozma bayonotida shunday:

"Bu shafqatsiz qotillik  va buyuk shayton  Amerikaning mintaqada va Iroqda terrorizmni qo'llab-quvvatlayotganining yaqqol dalilidir. Shafqatsiz ushbu hujum va qon to'kishning  intiqomi olinadi" deya qayd etdi.

Eron Inqilobiy  qo’riqchi  armiyasi qo'mondonlaridan biri  bo’lgan Muhsin Rizay esa  AQSh hujumi natijasida o'ldirilgan Quddus kuchlari qo'mondoni Qosim Suloymoniyning  intiqomi  olinadi deb bildirdi.

Eron inqilobiy qo’riqchilar  armiyasining sobiq bosh qo'mondoni Muhsin Rizay o'zining Tvitterdagi sahifasida bu haqda xabar berdi.

"Qasim Sulaymon shahid aka-ukalariga qo'shildi, ammo biz AQShdan qattiq intiqom olamiz"  deb bildirdi.

 

 

 

 

 

 

 

 

 



Aloqador xabarlar