Tayvanda harbiy yetakchilarni tashigan vertolyot falokatga uchradi

Tayvanda harbiy yetakchilarni tashigan vertolyotning qulashi oqibatida Qurolli kuchlar Bosh shtab Boshqarmasi raisi Shen Yi-ming vafot etdi.

1333370

Tayvan Markaziy axborot agentligi tomonidan Mudofaa vazirligi tomonidan berilgan bayonotga tayangan holda tarqatilgan ma’lumotiga ko’ra voqea chog’ida 8 kishi jon bergan. Ular orasida Qurolli kuchlar Bosh shtab Boshqarmasi raisi Shen Yi-ming va Harbiy-havo kuchlari qo’mondoni Hsiung Hou-chi bor.

Voqeada UH-60M Black Hawk rusumidagi vertolyotning Yangi Taipeiga qarashli Wulai tumanining tog’lik hududiga qulaganligi qayd etildi.

Bugun ertalab yuz bergan voqea ortidan vertolyotdagi 13 kishidan 5 nafarining sog’ salomat qutqarilganligi eslatib o’tilgan xabarda, vertolyotning tog’lik hududga qulashdan oldin mahalliy vaqt bilan 08:07 larda radardan yo’qolganligi ifoda etildi.

Black Hawk rusumidagi vertolyotning Xitoy yangi yili oldidan tekshiruv ishlarini yuritish maqsadida Taipeidan shimoldagi Yilanga qarab yo’l olganligi aytildi.

Aloqador xabarlar