Donald Trampdan Eronga tahdid:"Buning natijasi og'ir bo'ladi"

Amerika prezidenti Donald Tramp Iroqdagi har qanday AQSh qarorgohiga sodir etiladigan hujumdan Eronni javobgar deb topishini ma’lum qildi.

1332900
Donald Trampdan Eronga tahdid:"Buning natijasi og'ir bo'ladi"

 

Amerika prezidenti Donald Tramp Iroqdagi har qanday AQSh qarorgohiga sodir etiladigan hujumdan Eronni javobgar deb topishini ma’lum qildi.

“Agar bunday bo’lgan taqdirda, natijasi og’ir bo’ladi. Bu bir ogohlantirish emas, tahdiddir”,-deb aytgan Donald Tramp.

Prezident tvitter orqali Iroqdagi vaziyat haqida ma’lumot berdi.

Bog’doddagi AQSh elchixonasida barcha ehtiyotkor chora-tadbirlari olinganligini va hududga AQSh askarlari yetib borganligini ma’lum qilgan Tramp, Iroq prezidenti Barhom Solih va bosh vazir Odil Abdulmehdiyga AQShning chaqirig’iga darhol javob berganligi uchun minnatdorlik bildirdi.

Eronga yaqinligi bilan tanilgan “Kattaib Hizbulloh” shia guruhi Iroqning Karkuk viloyatida koalitsiya kuchlariga qarshi hujum sodir etgandi. Hujum oqibatida Amerika fuqarosi halok bo’lgandi, 4 nafar Amerika askari va 2 nafar Iroq askari jarohatlangandi.

Bu hodisadan so’ng, Pentagon Iroq va Suriyadagi Hizbullohga oid bo’lgan 5 ta ob’yektga aviazarba bergandi.

Hizbullohning Anbar viloyatidagi harbiy bazalariga sodir etilgan hujumda 28 kishi halok bo’lgan, 48 kishi jarohatlangan.

Eron tomonidan qo’llab-quvvatlangan Hizbulloh guruhi Hashdi Shabi guruhi tarkibidagi jangari guruhlardan biri hisoblanadi.

 


Tanlangan kalimalar: #Iroq , #Donald Tramp , #Eron , #AQSh

Aloqador xabarlar