Senegalda yangi yil munosabati bilan amnistiya e’lon qilindi

Amnistiya qaroriga binoan ozod etilganlar orasida 18 yoshiga to’lmaganlar, qariyalar va og’ir kasallikka chalinganlar bor.

1332828
Senegalda yangi yil munosabati bilan amnistiya e’lon qilindi

 

 

Senegalda yangi yil munosabati bilan amnistiya e’lon qilindi.

Adolat vazirligi ma’lum qilishicha, mamlakat prezidenti Macky Sall yangi yil munosabati bilan jazo muddatini o’tayotgan 709 nafar fuqaroni javobgarlikdan ozod etish to’g’risida qaror qabul qildi.

Ulardan 631 nafari barcha javobgarlikdan ozod etiladi, qolgan qismining esa, jazo muddati tushiriladi.

Amnistiya og‘ir jinoyat sodir etganlar va umrbod qamoq jazosiga hukm qilinganlarga taalluqli emas.

Amnistiya qaroriga binoan ozod etilganlar orasida 18 yoshiga to’lmaganlar, qariyalar va og’ir kasallikka chalinganlar bor.

Senegal qonunlariga ko’ra, prezident yangi yil, mustaqillik bayrami, ramazon xayiti va qurbon xayiti munosabati bilan amnistiya joriy etish huquqidan foydalanishi mumkin.

Mamlakat prezidenti Macky Sall 2019 yilning 4 aprelida mustaqillik kuni munosabati bilan 1066 nafar fuqaroni javobgarlikdan ozod etish to’g’risida qaror qabul qilgandi.

 

 

 

 


Tanlangan kalimalar: #amnistiya , #Senegal

Aloqador xabarlar