Netanyahu:“Putin menga oramizda do’stlik bo’lmasa, Rossiya-Isroil urush qilishi mumkinligini aytdi"

Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyahu bu haqda Isroil radiosiga bergan maxsus intervyusida gapirib o’tdi.

1329820
Netanyahu:“Putin menga oramizda do’stlik bo’lmasa, Rossiya-Isroil urush qilishi mumkinligini aytdi"

 

 

Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyahu Rossiya prezidenti Vladimir Putinning unga “Sen bosh vazir bo’lmaganingda edi, Isroil bilan Rossiya urush qilishi mumkin edi”,-deya ta’kidlaganligini ma’lum qildi.

Netanyahu bu haqda Isroil radiosiga bergan maxsus intervyusida gapirib o’tdi.

U intervyuda Putin bilan bo’lgan samimiy, do’stona munosabatiga diqqat qaratdi.

“Putin menga oramizda do’stlik bo’lmasa, Rossiya va Isroil harbiy to’qnashuvga kirishishi mumkinligini aytdi. O’rtamizda bir necha oy davom etgan uchrashuvlar natijasida bu ehtimolning oldi olindi”,-deb aytgan Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyahu.

Netanyahu ishg’ol ostidagi G’arbiy qirg’oqda joylashgan Iordaniya vodiyi va noqonuniy yahudiy turar-joy punktlarida “Isroil hukmronligini” AQSh hukumatiga qabul ettirishga ont ichganligini takror tilga oldi.

Eslatish joizki, Netanyahu boshchiligidagi “Likud” partiyasi bugun yangi rahbarini saylaydi. Ushbu saylov nomzodlar bosh vazir Netanyahu va deputat Gideon Saar o’rtasida bo’lib o’tadi.

Netanyahuning partiyadagi rahbarlik lavozimini saqlab qolishi tahmin qilinmoqda.

 

 

 



Aloqador xabarlar