Chadda terror tashkiloti Boko Haram tomonidan qilingan hujum natijasida 14 kishi halok bo'ldi.

Chadda  terror tashkiloti Boko Haram tomonidan  qishloqqa qilingan hujum natijasida 14 tinch aholi hayotdan ko'z yumdi, 5 kishi tan jarohat,  oldi.

1326062

Mahalliy va fransuz matbuotining xabarlariga ko'ra, "Boko Haram" a'zolari Chad ko'lining g'arbidagi Kaiga shahri yaqinidagi  bir baliqchi qishlog’iga  hujum qildi.

Hujumda 14 tinch fuqaro halok bo’ldi, 5 kishi jarohatlandi, 13 kishi ham bedarak yo’qolgan.

Viloyat gubernatori Imouya Suabebe  bildirishicha, hujum qilganlar qishloqqa kichik guruhlar holida  kirib,  bosqinchilar  "Boko Haram" a'zolari deb qayd etdi.

Nigeriyada 2000-yillarning boshlaridan beri mavjud bo'lgan Boko Haram terror tashkiloti tomonidan 2009 yildan beri ommaviy zo'ravonliklar natijasida  20 mingdan ortiq odam o'ldirildi.

Terror tashkiloti 2015 yildan beri mamlakatning chegaradosh qo'shnilari Kamerun, Chad va Nigerga  ham hujumlar  amalga oshirmoqda.

Chadning  ko'l  havzasida uyushtirgan hujumlarda  kamida 2000 kishi halok  bo’lgan.

Tanlangan kalimalar: #halok , #14 kishi , #Boko Haram , #Chad

Aloqador xabarlar