Fransiyadagi pensiya islohotlariga qarshi uyushtirilgan namoyish avj oldi

Fransiyadagi pensiya islohotlariga qarshi uyushtirilgan namoyish avj oldi va holat shiddatli tartibsizlikka aylandi.

1319054
Fransiyadagi pensiya islohotlariga qarshi uyushtirilgan namoyish avj oldi
fransa.jpg
fransa.jpg
fransa.jpg

Fransiya Prezidenti Emmanuel Makron yetakchiligidagi pensiya islohotlariga qarshi namoyish uyushtirgan o’n minglab kishi mamlakatda hayot sharoitini falaj holga tushirar ekan politisya xodimlari bilan namoyishchilar o’rtasida to’qnashuv yuz berdi.

Sariq nimchalilarning bir yildan beri davom etgan namoyishlari ortidan kecha ham ko’plab tarmoq xizmatchilaridan tashkil topgan 500 ming kishi, Makron yetakchiligida tayyorlangan pensiya islohotiga e’tiroz bildirish maqsadida mamlakat bo’ylab ish tashlash boshlatdi.

Ish tashlashda ishtirok etganlar orasida Parij va atrofida Jamoat transportini tartibga soluvchi RATP, Fransiya milliy temir yo'llari kompaniyasi (SNCF) va Fransiyaning Air France aviakompaniyasi xodimlari, politsiyachilar, shifokorlar, hamshiralar, favqulodda vaziyat xizmati xodimlari ham doxil sog’likni saqlash xodimlari, talabalar, o'qituvchilar, davlat xodimlari, advokatlar, qishloq xo'jaligi ishchilari, pochta xodimlari, taksi va yuk tashuvchi mashina haydovchilari, elektr energiyasini ishlab chiqarish va tarqatish kompaniyasi EDF, avtomobil ishlab chiqaruvchi Renault va neftni qayta ishlash zavodi xodimlari ham o’rin oldi.

Aytib o’tish joizki mazkur islohot ishchi va davlat xodimi o'rtasidagi farqni bekor qilib, universal pensiya tizimini yo'lga qo'ymoqchi. Bunga ko'ra pensiya yoshining 62 dan 64 ga chiqarilish rejalashtirilmoqda va o’nlab tarmoqqa salbiy ta’sir ko’rsatishi kutilmoqda.

An’anaviy ravishda norozichiligini ish tashlash orqali yetkazgan fransiyaliklar, bundan oldin ham bir necha marotaba ish tashlagan. Bundan 24 yil muqaddam yani 1995-yli 3 hafta davom etgan ish tashlash namoyishlarida esa hayot sharoiti deyarli to’xtab qolgandi.



Aloqador xabarlar