Londondagi pichoqli hujumni DEASh terror tashkiloti zimmasiga oldi

Politsiya bergan ma’lumotga ko‘ra, Londonda ikki kishining hayotiga zomin bo’lgan hujumni Staffordshir shahrida yashovchi 28 yoshli Usmon Xon ismli shaxs sodir etgan.

1315467
Londondagi pichoqli hujumni DEASh terror tashkiloti zimmasiga oldi

 

 

Buyuk Britaniya poytaxti Londonda ikki kishining hayotiga zomin bo’lgan va uch kishining jarohatlanishiga olib kelgan hujumda javobgarlikni DEASh terror tashkiloti zimmasiga oldi.

Shuningdek, yo‘lovchilarga pichoq bilan hamla qilgan jinoyatchining shaxsi ham aniqlandi.

Politsiya bergan ma’lumotga ko‘ra, u Staffordshir shahrida yashagan 28 yoshli Usmon Xon ismli shaxs bo’lgan.

Uning 2012 yili Pokistonda terrorchilar uchun harbiy lager tuzish hamda London fond birjasiga hujum qilishga uringanlikda ayblanib, 16 yil qamoq jazosiga hukm qilinganligi aniqlagan.

Biroq, qamoq jazosining yarmini o’tab bo’lgach, 2018 yilning dekabrida muddatdan avval ozodlikka chiqarilgan.

Qamoqdan chiqqach, u qayerda harakatlanayotgani haqida huquq-tartibot idoralariga ma’lumot berib turuvchi maxsus elektron braslet bilan yurgan.

Buyuk Britaniya bosh vaziri Boris Johnson muddatdan avval qamoq jazosidan ozod qilish usuli ishga yaramasligini bildirib, “Bundan naf yo’qligini bir necha marta guvohi bo’ldik”,-dedi.

Johnson darhol bunga chek qo’yilishini talab qildi.

Ayni vaqtda London ko‘prigi ikki tomondan to‘sib qo‘yilgan. 

29-noyabr juma kuni sodir etilgan bu voqea mahalliy vaqt bilan soat 14:00da ro’y bergan.

5 kishini pichoqlagan shaxs politsiya tomonidan otib o’ldirilgan.

3-4 dekabr kunlari Londonda bo‘lib o‘tadigan NATO sammiti oldidan voqea tufayli, shaharda xavfsizlik nazorati kuchaytirildi va qurolli politsiya soni ko’paytirildi.


Tanlangan kalimalar: #DEASh , #hujum , #Boris Johnson , #Buyuk Britaniya , #London

Aloqador xabarlar