Eronda neft narxining ko'tarilishiga qarshi namoyishlarda mingga yaqin odam hibsga olingan.

Kecha mamlakatda neft narxi 300 foizga ko'tarilgani sababli juma kuni namoyishlar boshladi va  kecha ham davom etdi.

1308270

Tehron, Tabriz, Mashhad, Ahvaz, Isfahon, Yazd, Kirman  bilan bir qatorda  mamlakat bo’ylab  1080 nuqtada namoyishlar bo'lib o'tdi.

Namoyishlar doirasida 100 dan ortiq bank  va 50 dan ortiq do'kon yoqib yuborilgan, xavfsizlik kuchlari tomonidan mingga yaqin faol hibsga olingan.

Ko'plab shaharlarda o'lik va yarador namoyishchilar va politsiya xodimlari  mavjud.

Tabriz universitetida to'plangan yuzlab talabalar neft narxining  ko'tarilishiga qarshi  namoyishlar  o'tkazdilar.

Eron Milliy Xavfsizlik Oliy Kengashi so'nggi namoyishlar sababli Internetga kirishni to'sib qo'yishga qaror qildi.

Bundan tashqari, ba'zi savdogarlar poytaxt Tehronning yetakchi savdo markazlaridan biri bo'lgan Tehron buyuk  bozorida o'z eshiklarini ochishmadi.

Davlat tomonidan subsidiya qilinadigan  neftning  bir litri ming tumandan  1ming 500 tumanga ko’tarilgan. Bir oyda bitta mashina uchun 60 litrdan ortiq  neft olingan taqdirda, neftning narxi 3 ming tumanga ko’tarilgan edi.

Tanlangan kalimalar: #Namoyish , #Ko'tarilish , #Narx , #Neft , #Eron

Aloqador xabarlar