Boliviyadagi tartibsizliklar oqibatida qurbonlar soni 18 kishiga yetdi

Sakaba shahridagi voqealarda 200 kishi qo’lga olindi, 115 kishi jarohatlandi. Ulardan 4 nafari og’ir ahvolda.

1307793
Boliviyadagi tartibsizliklar oqibatida qurbonlar soni 18 kishiga yetdi

 

 

Boliviyada davom etayotgan tartibsizliklar oqibatida qurbon bo’lganlar soni 18 kishiga yetdi.

Cochabamba viloyatiga qarashli Sakaba shahrida Morales tarafdorlari bilan xavfsizlik kuchlari o’rtasida to’qnashuv yuz berdi.

Voqealarda 4 nafar tinch aholi vakili halok bo’ldi.

200 kishi qo’lga olingan voqealarda 115 kishi jarohatlandi. Ulardan 4 nafari og’ir ahvolda.

Shu bilan mamlakatda sodir bo’layotgan tartibsizliklarda qurbonlar soni 18 kishiga yetdi.

Boliviyada 20 oktyabrda o‘tgan prezident saylovlaridan keyin ommaviy noroziliklar boshlangan edi.

Bunga mamlakat markaziy saylov komissiyasining Moralesni 1-bosqichdayoq g‘olib deb e'lon qilgani, uning asosiy raqibi Karlos Mesa esa ovoz berish natijalarini tan olmagani sabab bo‘lgan. Saylovda Morales 41,7 foiz ovoz olgan, uning asosiy raqibi, sobiq prezident Karlos Mesa esa 36,51 foiz ovoz olgandi.

Boliviya prezidenti Evo Morales prezidentlik saylovlari natijalarini soxtalashtirganlikda ayblanib, ommaviy namoyishlar boshlanishi oqibatida iste'foga chiqdi.

Boliviya armiyasi qo‘mondoni va politsiya rahbari prezidentni lavozimini tark etishga chaqirgandi.

Morales shuningdek, mamlakatda zo‘ravonlik avj olmasligi tufayli iste'foga chiqqanini ma'lum qilgan.  

U yuzaga kelgan vaziyatni “davlat to‘ntaruvi” deb atagan.

Meksika Boliviyaning iste'foga chiqqan prezidenti Evo Moralesga siyosiy boshpana berdi va xalqaro hamjamiyatni Moralesning xavfsizligini kafolatlashga chaqirdi. Shu bilan Morales mamlakatni tark etdi.

Bu jarayonda, boliviyalik senator-demokrat Janin Anes Boliviyaning vaqtinchalik prezident vakolatlarini o’z zimmasiga oldi.

 


Tanlangan kalimalar: #Evo Morales , #Boliviya

Aloqador xabarlar