Stoltenberg Turkiyaning Suriyaning shimolidagi o’rniga aniqlik kiritdi

NATO Bosh kotibi Jens Stoltenberg Oq saroyda AQSh Davlat rahbari Donald Trump bilan uchrashdi. Stoltenberg mazkur uchrashuv ortidan jurnalistlarga bayonot berdi.

1307286
Stoltenberg Turkiyaning Suriyaning shimolidagi o’rniga aniqlik kiritdi

NATO Bosh kotibi Jens Stoltenberg Turkiyaning terrorizmga qarshi kurashda muhim rol o’ynaganligini alohida ta’kidladi.

NATO Bosh kotibi Jens Stoltenberg Oq saroyda AQSh Davlat rahbari Donald Trump bilan uchrashdi. Stoltenberg mazkur uchrashuv ortidan jurnalistlarga bayonot berdi.

Turkiyaning Suriyaning shimolidagi o’rni haqida turli ko’z qarashlar borligiga e’tibor qaratgan Stoltenberg, “Turkiya muhim ittifoqdoshimiz va terrorizmga qarshi kurashdagi roli alohida o’ringa ega” degan ifodalarga o’rin berdi.

Stoltenberg shu bilan birga Turkiyaning eng ko’p terror hujumiga duch kelgan va 3 million 6 yuz ming suriyalik muhojirga quchoq ochgan davlat ekanligini ham eslatib o’tdi.

Turkiya-AQSh munosabatlarini ham baholagan Stoltenberg, Turkiya bilan AQSh o’rtasida patriotlar ham doxil mudofaa tizimlari ustidan olib borilgan muloqatlarni xursandchilik bilan qarshi olamiz” dedi.



Aloqador xabarlar