Putin, Suriyadagi qonun buzarchilikka qarshi Turkiya bilan kelishib olinganligini qayd etdi

Braziliyada uyushtirilgan BRICS sammitida ishtirok etgan Vladimir Putin, Suriyadagi terror harakatlariga e’tibor qaratib, ularga qarshi birgalikda kurash olib borishga chaqirdi.

1307280
Putin, Suriyadagi qonun buzarchilikka qarshi Turkiya bilan kelishib olinganligini qayd etdi

Rossiya Davlat rahbari Vladimir Putin Suriyaning shimolida terror tashkiloti tomonidan qo’l urilgan qonun buzarchilikka aralashuv masalasida Turkiya bilan kelishib olinganligini qayd etdi.

Braziliyada uyushtirilgan BRICS sammitida ishtirok etgan Vladimir Putin, Suriyadagi terror harakatlariga e’tibor qaratib, ularga qarshi birgalikda kurash olib borishga chaqirdi.

Prezident Rajap Tayyip Erdo'g'an bilan tig’iz aloqada ekanliklarini eslatib o’tgan Putin, Turkiyaning tashvishlaridan boxabar ekanligini bildirdi.

Suriyada terror tashkiloti tomonidan qo’l urilgan qonun buzarchilikka qarshi kurashish masalasida Turkiya bilan kelishib olinganligini qayd etdi.

“Telefon orqali amalga oshirgan oxirgi muloqatimizda bu borada kelishib oldik. Shunday ekan bundan buyon biron bir qonun buzarchiliklar kuzatilgudek bo’lsa unga qarshi darhol javob berishga tayyormiz” degan ifodalarga o’rin berdi.

Rossiya Davlat rahbari, Suriyadagi terror harakatlarining Yevropa doxil butun dunyoga xavf tug’dirishi mumkinligiga e’tibor qaratgan holda, unga qarshi birgalikda kurash olib borishga chaqirdi.


 



Aloqador xabarlar