AQSh prezidenti Donald Tramp Ar-Riyod kelishuviga munosabat bildirdi

“Ar-Riyod kelishuvi Yamanda tomonlar o’rtasida qurolli to’qnashuvlarni to’xtatish uchun juda yaxshi boshlang’ich”,-deb aytgan Donald Tramp tvitterdagi rasmiy sahifasida.

1301178
AQSh prezidenti Donald Tramp Ar-Riyod kelishuviga munosabat bildirdi

 

AQSh prezidenti Donald Tramp Yamandagi inqirozga chek qo’yishga zamin yaratadigan Ar-Riyod kelishuviga munosabat bildirdi.

“Ar-Riyod kelishuvi Yamanda tomonlar o’rtasida qurolli to’qnashuvlarni to’xtatish uchun juda yaxshi boshlang’ich”,-deb aytgan Donald Tramp.

Prezident tvitterdagi rasmiy sahifasida “Juda yaxshi boshlang’ich. Iltimos, tomonlar zimmasidagi mas’uliyatni his qilib, to’liq kelishib olishga harakat qilishsin!”,-deb yozdi.

BAA tomonidan qo’llab quvvatlangan Janubiy Yaman o‘tish kengashiga tegishli kuchlar 10 avgustda Aden shahri, so’ngra Abyan va Shabve shaharlari nazoratini qo’lga kiritgan edi.

Hududlardagi to’qnashuvlar natijasida hukumat kuchlari ushbu shaharlarni qayta qo’lga kiritgandi, biroq BAAning aviazarbalari oqibatida Aden va Abyanning markaziy tumani Zanjibor takror Janubiy Yaman o‘tish kengashiga tegishli kuchlar qo’liga o’tgandi.

Janubiy Yaman o‘tish kengashi tomonidan poytaxt Aden va atrofidagi viloyatlar qo’lga olingach, Saudiya Arabistoni kengash va hukumatni o’zaro murosaga chaqirgan edi.

 

 


Tanlangan kalimalar: #Ar-Riyod kelishuvi , #Donald Tramp , #Yaman , #AQSh

Aloqador xabarlar