DEASh vakili Abu Hassan al-Muhajir,operatsiyasi natijasida o'ldirilgani ma'lum qilindi

Amerika Qo'shma Shtatlari (AQSh), terror tashkiloti DEASh  vakili Abu Hassan al-Muhajir, Suriyaning Jarablus shahri yaqinida bir kun oldin uyushtirilgan operatsiyasi natijasida o'ldirilganini ma'lum qildi.

1296503

Davlat departamentining ismi oshkor qilinmagan yuqori lavozimli rasmiysi al-Muhajirning o'ldirilishi haqida AQSh matbuotiga bayonotlar berdi.

DEASh  lideri Abu Bakr al-Bag'dodiyning vorisi sifatida ko'rsatilgan Al-Muhajir, Suriyaning Jarablus shahri yaqinida o'tkazilgan operatsiya paytida o'ldirilganini aytdi. Operatsiya, AQSh maxsus kuch askarlari tomonidan amalga oshirilgani ma’lum qilindi.  

Vakil,  operatsiya tafsilotlarini ma’lum qilmas ekan , AQSh Mudofaa vazirligi esa hozircha bayonot bermadi.

Boshqa tomondan, Jarablus shahridagi Anadolu agentligi (AA) xabariga ko'ra, AQSh havo kuchlari, avvalgi kuni soat 19:30 atrofida Jarablus shahrida yo'lda 2 ta dizel yoqilg'i tankerini  raketalar bilan o’qqa tutdi deb bildirdi.

Hujum paytida sodir bo'lgan portlashlarda mintaqaga kelgan Suriya Milliy Armiyasi askarlari tankerlarning ichida  3 kishining jasadi  topilgan.  Halok bo’lganlardan  biri terror tashkiloti  DEAShning to’da boshchilaridan  Al-Muhajir ekanligi gumon qilinmoqda.

Aniqlanishicha, u tankerlardan birining ichida maxsus tayyorlangan maxfiy xonada yashinganligi va yerda  yonib  ketganligi ma’lum bo’ldi.

Tanlangan kalimalar: #O'ldirildi , #AQSh , #DEASh , #Abu Hassan al-Muhajir

Aloqador xabarlar