Rossiya harbiy politsiyasi Suriya shimolida qo’riqlash ishlarini davom ettirmoqda
“Rossiya harbiy politsiyasi Ajemi-Karakoza-Kobani-Koran, Qamishli-Fakira, Qamishli-Simalka guzargohlarida patrullik xizmatini o’tamoqda”,-deyiladi bayonotda.

Rossiya mudofaa vazirligi ma’lum qilishicha, Turkiya bilan Rossiya o’rtasida imzolangan anglashuv memorandumiga binoan, Rossiya harbiy politsiyasi Suriya shimolida qo’riqlash ishlarini davom ettirmoqda.
“Rossiya harbiy politsiyasi Ajemi-Karakoza-Kobani-Koran, Qamishli-Fakira, Qamishli-Simalka guzargohlarida patrullik xizmatini o’tamoqda”,-deyiladi bayonotda.
Ma’lumotga ko’ra, ikki davlat o’rtasida imzolangan memorandumga ko’ra, ertaga oqshomgacha mintaqadagi barcha YPG/PKK terror tashkiloti jangarilari hamda ularga tegishli qurol-aslahalar chegaradan 30 kilometrgacha uzoqlashtirilgan bo’lishi kerak.
“29 oktyabr soat 18:00ga qadar kurd jangarilar qurollari bilan birga, Suriya-Turkiya chegarasining 30 km tashqarisiga chiqarilishi kerak. So’ngra, Rossiya-Turkiya qo‘shinlari birgalikda chegaradan 10 kilometr ichkarida “Tinchlik bulog‘i” harbiy operatsiyasi o‘tayotgan hududdan g‘arbga va sharqqa tomon qo‘riqlashni boshlashadi”,-deyiladi bayonotda.
Bundan tashqari, jangarilar qurollari bilan birga Munbij va Tel-Rifat hududidan ham uzoqlashtirilishi zarur.
“Bu faoliyatlarning to’la-to’kis ado etilishi Suriya-Turkiya chegarasidagi vaziyatni barqarorlashtirishga xizmat qiladi”,-deya ilova qilinadi bayonotda.