BMT Turkiya va Rossiya o'rtasida imzolangan anglashuv memorandumini qo'llab-quvvatladi
“BMT bosh kotibi Antonio Guterres keskinlikni to’xtatish va tinch aholini himoya qilish yo’lida xalqaro huquq doirasida tashlangan har qanday qadamni mamnuniyat bilan qo’llab-quvvatlaydi”,-dedi BMT bosh kotibligi xodimi Farxon Haq.

BMT bosh kotibligi xodimi Farxon Haq Turkiya va Rossiya tomonidan imzolangan anglashuv memorandumiga doir matbuotga brifing berdi.
Mintaqadagi o’zgarishlarni, Turkiya va Rossiya o’rtasidagi o’zaro kelishuvni yaqindan kuzatib borganligini ma’lum qilgan Farxon Haq: “BMT bosh kotibi Antonio Guterres keskinlikni to’xtatish va tinch aholini himoya qilish yo’lida xalqaro huquq doirasida tashlangan har qanday qadamni mamnuniyat bilan qo’llab-quvvatlaydi”,-dedi.
Uning ta’kidlashicha, qochqinlarni Suriyaga “xavfsiz va o‘z ixtiyori bilan qaytarish” kerak.
BMTning Suriyadan mas’ul vakili ma’lum qilishicha, konstitutsion qo‘mita Suriyaning siyosiy tuzilmasiga oid barcha masalalarni muhokama qilish maqsadida 30 oktyabr kuni to’planadi.
Aloqador xabarlar

KDR hukumati fuqarolarni uyda qolishga chaqirdi
Kongo Demokratik Respublikasi hukumati fuqarolarni uyda qolishga chaqirdi.