Rossiya bosh vaziri Dmitriy Medvedev Serbiyaga tashrif buyurdi

Rossiya bosh vaziri Dmitriy Medvedev Serbiyaga tashrifi chog’ida mamlakat prezidenti Aleksandr Vuchich tomonidan qabul qilindi.

1291138
Rossiya bosh vaziri Dmitriy Medvedev Serbiyaga tashrif buyurdi

 

 

Rossiya bosh vaziri Dmitriy Medvedev Serbiyaga tashrifi chog’ida mamlakat prezidenti Aleksandr Vuchich tomonidan qabul qilindi.

Uchrashuvdan so’ng o’tkazilgan matbuot anjumanida Medvedev ikki davlat o’rtasidagi o’zaro hamjihatlikka e’tibor qaratdi.

Medvedevning ta’kidlashicha, Serbiya Respublikasi Rossiyaga eng yaqin do’st davlatlardan biridir.

“Serbiyaning hududiy yaxlitligini va mustaqilligini qo’llab-quvvatlaymiz. Do’stlarimizning olgan qarorlariga hurmat ko’rsatamiz. Ularga aralashmaymiz. Rossiyaga do’st bo’lgan davlatlarning soni juda oz. Serbiya nodir do’stlarimizdan biridir”,-deb aytgan Rossiya bosh vaziri Dmitriy Medvedev.

Ma’lumotga ko’ra, ikki yetakchi uchrashuvda energiya loyihalarini ham muhokama qilgan.

““Turk oqimi” faoliyatining boshlanishini barchamiz sabrsizlik bilan kutyabmiz. Bu loyiha ko’plab insonni ish bilan ta’minlaydi”,-deb aytgan Medvedev.

Serbiya prezidenti Aleksandr Vuchich Serbiya va Rossiya o’rtasidagi munosabatlar oxirgi 10 yil ichida eng yuqori ko’rsatgichga erishganligini ta’kidladi.

“Bu munosabat biz uchun juda muhim. Zero, bunday qudratli davlat tomonidan qo’llab-quvvatlanganimizni bilish bizga huzur beradi. Sizning qo’llab-quvvatlovingiz va iqtisodiy rivojlanishimiz natijasida Serbiya Qurolli kuchlarini yuqori darajaga olib chiqdik. 45 yildan buyon xarid qilib ololmagan vertolyotlarni sotib olish imkoniyatiga ega bo’ldik”,-deb aytgan Serbiya prezidenti.

Rossiya bosh vaziri Dmitriy Medvedev Serbiya bosh vaziri Ana Brnabich bilan ham uchrashuv o’tkazdi.

Uchrashuv tafsilotlari ma’lum qilinmadi.



Aloqador xabarlar