Avramopoulos: “Tomonlar migratsiya masalasi bo’yicha tuzilgan shartnomani amalga oshirmoqda”.

Avramopulos, Lyuksemburgda oxirgi marotaba YI Adolat va Ichki ishlar kengashi yig’ilishida ishtirok etar ekan yig’ilish ortidan jurnalistlarga yig’ilishning mazmuni haqida bayonot berdi.

1284654
Avramopoulos: “Tomonlar migratsiya masalasi bo’yicha tuzilgan shartnomani amalga oshirmoqda”.

Yevropa ittifoqining migratsiya, ichki ishlar va fuqarolik masalalari bo’yicha komissiya a’zosi Dimitris Avramopoulosning qayd etishicha Turkiya bilan Yevropa ittifoqi migratsiya masalasi bo’yicha o’zaro tuzilgan shartnomani amalga oshirishni davom etmoqda.

Avramopulos, Lyuksemburgda oxirgi marotaba YI Adolat va Ichki ishlar kengashi yig’ilishida ishtirok etar ekan yig’ilish ortidan jurnalistlarga yig’ilishning mazmuni haqida bayonot berdi.

Migratsiya masalasining oxirgi 5 yildagi nafaqat Yevropa balki butun dunyoning siyosiy kun tartibiga aylanganligiga e’tibor qaratgan Avramopoulos,

“Yevropadagi migratsiya inqirozi ba’zi teraktlar bilan bir xil vaqtga to’g’ri keldi. Bu ikki vaziyat Yevropaning birligi va eng asosiy qadriyatlari ustidan shubga uyg’ota boshladi” deya gapirdi.

Avramopoulos, Yevropaning 5 yil avvalgiga qaraganda jiddiy shaxdam qadamlar tashlaganligini lekin buning yetarli emasligini ifoda etgan holda xavsizlik va migratsiya masalasining Yevropa kun tartibini bundan buyon ham band qilishni davom etishini ta’kidladi.  

Yig’ilishda migratsiya yo'llarini ham qo’lga olganliklarini eslatib o’tgan Avramopoulos umumiy olib qaraganda tartibsiz migratsiya oqimining inqirozdan avvalgi davrlardagidek aslida kamayganligini lekin shunga qaramay Yevropaning “ehtiyotkor” munosabatda bo’lishni davom etishi kerakligini qayd etdi.  

Avramopoulos, “Sharqiy O’rta yer dengizidagi vaziyat xavotirga soladi insonni. Shuning uchun ham Turkiya va Gretsiyaga amaliy tashrif uyushtirdik. Turkiya bilan Yevropa ittifoqi migratsiya masalasi bo’yicha o’zaro tuzilgan shartnomani amalga oshirishni davom ettirmoqda. Bu Turkiya va YIning mushtarak javobgarchiligidir” degan ifodalarga o’rin berdi.

O’rta yer dengizining markazida tartbisiz migratsiyaning kamayganligiga e’tibor qaratgan Avramopoulos, buning shunday davom etishi kerakligini o’z so’ziga ilova etdi.

 

 



Aloqador xabarlar