Afg’onistondagi terroristlar bu gal talabalarni nishonga oldi

Afg’onistonning G’azna viloyatidagi G’azna nomidagi universitetning Pedagogika fakultetidagi sinflardan birida uyushtirilgan bombali hujumda 19 talaba tan jarohati oldi.

1283908

G’azna shahar hokimligi tomonidan mavzu haqida berilgan bayonotda, sinfga oldindan joylashtirib qo’yilgan bombaning, dars chog’ida portlatilganligi qayd etildi.

Hujumda 19 nafar talabaning tan jarohati olganligi ma’lum qilinar ekan ularning hammasining kasalxonaga yotqizilganligi ham ilova etildi.  

Tan jarohati olganlardan 3 nafarining ahvolining og’ir ekanligi ifoda etildi.

Hujumni hali hanuz hech kim o’z bo’yniga olgani yo’q.

Tanlangan kalimalar: #Afg’oniston , #G’azna , #bombali hujum

Aloqador xabarlar