Pedersen, YPG/ PKK bosib olgan hududga qarshi uyushtirilish ehtimoli bo’lgan amaliyotlarga to’xtaldi
BMTning Suriyadagi maxsus vakili Geyr O. Pedersen YPG/ PKK terror tashkiloti tomonidan bosib olingan mintaqaga qarshi uyushtirilish ehtimoli bo’lgan amaliyotlar haqida gapirdi.
BMTning Suriyadagi maxsus vakili Geyr O. Pedersen YPG/ PKK terror tashkiloti tomonidan bosib olingan hududga qarshi uyushtirilish ehtimoli bo’lgan amaliyotlar haqida,
“Turkiyaning xavfsizlik borasidagi qonuniy manfaatlari e’tiborga olinishi kerak” dedi.
Pedersen, BMTning Jenevadagi ofisida uyushtirgan matbuot anjumanida Suriyaning yangi konstitutsiyasini tuzish bilan shug’ullanuvchi qo’mitaning tashkil topishida Turkiya, Rossiya va Eronning o’rni va say-harakatining ahamiyatiga to’xtaldi.
Maxsus vakil yuqorida nomi tilga olingan qo’mitani nazarda tutgan holda “Birinchi yig’ilishini 30-oktabr kuni mana shu yerda, Jenevada o’tkazishni xohlayman” der ekan Suriyada keng ko’lamni qamrovchi o’q uzishning to’xtatilishining e’lon qilinishiga ham yordam bermoqchi ekanligini qayd etdi.
Suriyada Firot daryosining sharqidagi YPG/ PKK terror tashkiloti tomonidan bosib olingan hududdan xavotirda ekanligini eslatib o’tgan Pedersen, Turkiyaning hududga qarshi uyushtirish ehtimoli bo’lgan amaliyot haqida esa,
“Turkiyaning xavfsizlik borasidagi qonuniy manfaatlari e’tiborga olinishi kerak” deb javob berdi.