Germaniya Saudiyadan Kashikchi jinoyati haqida to'liq va ishonchli ma’lumot berilishini kutmoqda

Saudiyalik jurnalist Jamol Kashikchi 2018-yilning 2-oktabri kuni nikoxdan o’tish uchun zarur bo’lgan ba’zi hujjatlar uchun Saudiya Arabistonining Istanbuldagi Bosh konsullik binosiga kirar ekan qaytib chiqmagan va keyinchalik o’ldirilganligi ma’lum bo’lga

1280620
Germaniya Saudiyadan Kashikchi jinoyati haqida to'liq va ishonchli ma’lumot berilishini kutmoqda

Germaniya Tashqi ishlar vazirligi Matbuot xizmati kotibi Rainer Breul, saudiyalik jurnalist Jamol Kashikchining o’ldirilishi masalasi ustidan Saudiya Arabistonidan to’liq va ishonchli ma’lumot berilishini kutganliklarini qayd etdi.

Breul poytaxt Berlindagi Federal matbuot markazida uyushtirilgan matbuot anjumanida 2018-yilning 2-oktabri kuni nikoxdan o’tish uchun zarur bo’lgan ba’zi hujjatlar uchun Saudiya Arabistonining Istanbuldagi Bosh konsullik binosiga kirar ekan qaytib chiqmagan va keyinchalik o’ldirilganligi ma’lum bo’lgan jurnalist Jamol Kashikchi haqida bayonot berdi.

BMT xizmatchisi bo’lgan tergovchi Agnes Callamard bergan hisobotining Kashikchi jinoyati ustidan olib borilgan tergov faoliyatlarning muhim natijalaridan ekanligini eslatib o’tgan Breul,

“Saudiya Arabistonidan to’liq va ishonchli ma’lumot berilishini kutyapmiz. Jinoyatga qo’l urilganiga bir yil bo’lsa ham” dedi.  

Breul, bu hisobotning Kashikchi jinoyati ustidan olib borilgan tergov faoliyatlarining umumiy natijalariga ilova etilishi kerakligini ta’kidladi.

 



Aloqador xabarlar