Afg‘onistonda bo'lib o'tgan prezident saylovlari kuni 68 ta hujum sodir etildi

Hujumlar asosan Logar, Taxor, Kunar, Juzjon, Faryob, Qunduz, Bag’lan, Paktiya va Paktika viloyatlarida sodir etilgan.

1278202
Afg‘onistonda bo'lib o'tgan prezident saylovlari kuni 68 ta hujum sodir etildi
afganistan guvenlik.jpg
afganistan secim.jpg

 

Kecha, 28 sentyabr kuni Afg‘onistonda bo’lib o’tgan prezident saylovlari kunida jangarilar sodir etgan 68 ta hujum oqibatida 4 nafar xavfsizlik xodimi halok bo‘ldi.

Afg’oniston ichki ishlar vaziri Mesut Anderabi ma’lum qilishicha, “Tolibon” harakatining saylovlarni to’xtatish niyati amalga oshmadi.

Uning so’zlariga ko’ra, “Tolibon” harakati tomonidan mamlakat bo’ylab sodir etilgan 68 ta hujumda 72 kishi jarohatlangan.

Hujumlar asosan Logar, Taxor, Kunar, Juzjon, Faryob, Qunduz, Bag’lan, Paktiya va Paktika viloyatlarida sodir etilgan.

Afg’oniston milliy xavfsizlik boshqarmasi ma’lum qilishicha, saylov kuni mamlakat miqyosida Tolibonga qarshi 13 ta harbiy operatsiya o’tkazildi. Operatsiyalarda 34 jangari yo’q qilindi, 14 jangariga jarohat yetkazildi.

Tolibon esa, hujumlarda qurbonlar va yaradorlarning soni 422 nafarni tashkil qilganligini ilgari surdi.

Mazkur saylov Afg‘onistonda 2001 yilda toliblar tuzumi qulagandan keyingi 4-prezident saylovlari bo‘lib hisoblanadi.

Saylovlarda asosiy raqiblar amaldagi prezident Ashraf G‘ani va bosh vazir Abdulloh Abdulloh hisoblanadi.

Saylov jarayoni radikallar tomonidan muntazam tahdidlar sharoitida o‘tmoqda. Saylovlarning dastlabki norasmiy natijalari 19 oktyabrda, yakuniy natijalari esa 7 noyabrda e'lon qilinishi kutilmoqda.

Agar zarur bo’lgan taqdirda, saylovlarning 2-bosqichi 23 noyabrda bo‘lib o‘tadi.

9 mln 600 ming saylovchi mavjud bo’lgan mamlakatda prezident saylovlarida 15 nomzod kuch sinashdi.

 

 


Tanlangan kalimalar: #hujum , #prezident saylovi , #Tolibon , #Afg'oniston

Aloqador xabarlar