Rossiya va Gruziya Tashqi ishlar vazirlari on bir yil ortidan birinchi marotaba uchrashdi

Rossiya va Gruziya Tashqi ishlar vazirlari 2008-yili yuz bergan Janubiy Osetiya urushidan keyin birinchi marotaba AQShning Nyu-York shahrida uchrashdi.

1277589
Rossiya va Gruziya Tashqi ishlar vazirlari on bir yil ortidan birinchi marotaba uchrashdi

Rossiya va Gruziya Tashqi ishlar vazirlari 2008-yili yuz bergan Janubiy Osetiya urushidan keyin birinchi marotaba AQShning Nyu-York shahrida uchrashdi.

Rossiya Tashqi ishlar vazirligi tomonidan mavzu haqida yozma ravishda berilgan bayonotga ko’ra Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov gruziyalik kasbdoshi Davit Zalkaliani bilan BMT Bosh Assambleyasining 74-sessiyasi doirasida uchrashgan.

Shveytsariyaning o’rtamchiligi bilan amalga oshgan mazkur uchrashuvda o’zaro munosabatlar bilan mintaqaviy xavfsizlik muamolari qo’lga olingan.

Gruziya Tashqi ishlar vaziri Zalkaliani ham uchrashuvda Janubiy Osetiya masalasini qo’lga olganliklarini qayd etgan holda,

“Rossiya qo’llab-quvvatlagan Janubiy Osetiya Gruziya bilan qo’lda borligi iddio etilgan chegarasini kengaytirishni davom ettirmoqda” dedi.

Zalkaliani, Gruziyadan bir tomonli mustaqilligini e’lon qilgan Abhazya va Janubiy Osetiyadagi oxirgi vaziyatlarni, BMT Bosh Assambleyasida barcha xalqaro sheriklariga yetkazganliklarini ifoda etdi. 

Janubiy Osetya va Abhazya muamosi

Gruziya armiyasi bilan Rossiya qo’llab-quvvatlagan abhazyalik separatistlar o’rtasida 1992-yildan 1993-yilgacha roppa-rosa 13 oy urush bo’lgan.

Rossiya bilan Gruziya o’rtasida 2008-yili Janubiy Osetya urushi degan nom bilan tarix sahifalaridan o’rin olgan urush kelib chiqqan.

Mazkur urush ortidan Rossiya qo’llab-quvvatlagan Abhazya va Janubiy Osetya hududlari, Gruziyadan bir tomonli olaroq mustaqilligini e’lon qilgan.

Rossiya 2008-yili bu ikkala hududning ham mustaqillgini tan olgan.

Gruziya esa bunga qarshilik ko’rsatib, Rossiya bilan diplomatik aloqalarini uzgan.

Ikkala mamlakat o’rtasidagi diplomatik aloqalarning uzilishi ortidan Shveytsariya o’rtamchilik qilish vazifasini o’z zimmasiga olgan.



Aloqador xabarlar