Suriya shimolidagi Afrin tumanida portlash sodir etildi

Suriya shimolidagi Afrin tumanida bomba joylashtirilgan avtomobil vositasida sodir etilgan portlashda 5 kishi halok bo’ldi.

1275447
Suriya shimolidagi Afrin tumanida portlash sodir etildi

 

Suriya shimolidagi Afrin tumanida bomba joylashtirilgan avtomobil vositasida sodir etilgan portlashda 5 kishi halok bo’ldi. Ular tinch aholi vakillari hisoblanadi. Hodisada 11 kishi jarohatlandi.

Bu voqea Afrin tumaniga qarashli Jinderes hududida ro’y berdi.

Portlashdan so’ng atrofdagi uylarda jiddiy talofat yuzaga keldi.

Shuningdek, Azez tumaniga qarashli Ahtarin hududida ham portlash sodir etildi.

Portlashda 1 kishi jarohatlandi.

Xavfsizlik kuchlari ma’lum qilishicha, “Zaytun novdasi” harbiy amaliyot hududida joylashgan Jinderes va “Firot qalqoni” harbiy amaliyot hududidagi Ahtarinda ro’y bergan portlashlar terror tashkiloti YPG/PKK tomonidan sodir etilgan.

Terror tashkiloti YPG/PKK ishg’ol qilib olgan Tel Rifat hududiga kiruvchi ushbu ikki hududda vaqti-vaqti bilan portlash sodir etib keladi.


 


Tanlangan kalimalar: #portlash , #Afrin , #Suriya

Aloqador xabarlar