Berlin Turkiyadagi 15-iyul voqealari oqibatlariga o'z vaqtida e'tiborsiz qolganligini tan oldi

Germaniya tashqi ishlar vaziri Germaniya-Turkiya munosabatlarning bugungi kundagi holati va istiqbollarini baholadi.

1271917
Berlin Turkiyadagi 15-iyul voqealari oqibatlariga o'z vaqtida e'tiborsiz qolganligini tan oldi
heiko maas berlin gencler1.jpg

Germaniya Tashqi ishlar vaziri Heiko Maas, 15-iyul Fetullahchi terror tashkiloti tomonidan qo’l urilgan to’ntarish tashabbusiga to’xtalar ekan bu haqida,

“Biz bu borada voqeaning insonlar ongiga ko’rsatgan ta’sirini unchalik ham e’tiborga ololmadik degan fikrdaman” dedi.

Maas, Istanbulda bundan 5 yil muqaddam tashkil topgan Turkiya-Germaniya yoshlar ko'prigi doirasida poytaxt Berlinda uyushtirlgan tadbirda yoshlar savoliga javob berdi.

Germaniyaning o’zini-o’zi tanqid qilish, kamchiliklarini yodga olish va ularni tuzatish maqsadida oxirgi yillarda Turkiya bilan bo’lgan munosabatlarida “qayerda xato qilgan bo’lihi mumkin” degan savolga javob bergan Maas, bu borada to’ntarish tashabbusi ortidan nimadir bo’lganligini eslatib o’tgan holda,

“Biz bu borada voqeaning insonlar ongiga ko’rsatgan ta’sirini unchalik ham e’tiborga ololmadik degan fikrdaman” dedi.

Maas buning kuch ishlatilgan, o’limlarga yo’l ochgan va davlatni tahdid qilgan to’ntarish tashabbusi oldida ma’lum darajada hissiy reaktsiyalar e’tiborga olinishi kerak bo’lgan nozik voqea ekanligini qayd etdi.

To’ntarish tashabbusi ortidan Germaniyada jadal ravishda kun tartibi masalasiga o’tilganligini ham eslatib o’tgan Maas, Turkiyani nazarda tutgan holda,

“Balki tezlik bilan ana shu yerda bo’lishlik mantiqiyroq bo’lardi” degan ifodalarga o’rin berdi.

Germaniyada 3 milliondan ortiq turk yashashiga e’tibor qaratgan Maas,

“Albatta har doim Turkiya bilan munosabatlarimizning yaxshi bo’lishi kerakligiga ishonchim komil. O’zaro munosabatlarda Turkiya biz uchun muhim sherik hisoblanadi. Turkiya NATO bo’yicha ittifoqimizdir va YI uchun ham muhim sherik” deya gapirdi.

 

 



Aloqador xabarlar