BMT, arakanlik musulmonlar jon saqlagan lagerlardagi o’limlardan xavotirda

BMTning Inson huquqlari bo'yicha ekspertlari Bangladesh hukumatini, arakanlik musulmonlar jon saqlagan lagerlardagi o’limlar ustidan tergov o’tkazishga chaqirdi.

1271270
BMT, arakanlik musulmonlar jon saqlagan lagerlardagi o’limlardan xavotirda

Birlashgan Millatlar Tashkilotining Inson huquqlari bo'yicha ekspertlari Bangladeshning janubidagi Koks-Bazar shahrida joylashgan va arakanlik musulmonlar jon saqlagan lagerlardagi o’limlar ustidan tergov o’tkazishga chaqirdi.

Ekspertlar mavzu haqidagi bayonotida, Bangladesh hukumatining Koks-Bazar lageridagi o’limlar ustidan mustaqil, betaraf va samarali tergov o’tkazishi kerakligini qayd etdi.

O’tgan oyda qatliomni yodga olish maqsadida uyushtirilgan norozichilik namoyishiga qariyb 200 000 nafar arakanlik musulmonning ishtirok etganligi eslatib o’tilgan bayonotda, namoyishni uyushtirganlardan ba’zilarining so’roqqa tortilganligi va ortidan takrorlanmasligi uchun ogohlantirilganligi ta’kidlandi.

Bayonotda shuningdek ifoda erkinligi, tinchgina yig'ilish va namoyishlar o’tkazish masalasining cheklanganligidan xavotir olinganligi aytildi.

Bangladeshdagi arakanlik qochqinlarni Myanmaga ko’chirib, o’z yurtiga joylashtirsh haqidagi tashabbuslarning muvaffaqiyatsiz yakunlashi ortidan Dakka yetakchiligi, sentabr oyining boshida qochqinlar lagerida uyali telefon xizmatlari va SIM-kartalarni sotish ishlarini man etgandi.

BMTga ko’ra 2017-yildan keyin Arakandagi tazyik va zulmlardan qochib Bangladeshda jon saqlagan qochqinlar soni 900 000 ga yetgan.

 



Aloqador xabarlar