Xuan Guaido Barbadosdagi hukumat bilan muzokaralarga qatnashmasligini e'lon qildi.

O'zini Venesuelada vaqtincha davlat rahbari deb e'lon qilgan muxolafat milliy majlis raisi Xuan Guaido Barbadosdagi hukumat bilan muzokaralarga   qatnashmasligini e'lon qildi.

1270148
Xuan Guaido Barbadosdagi hukumat bilan muzokaralarga qatnashmasligini e'lon qildi.

O'zini Venesuelada vaqtincha davlat rahbari deb e'lon qilgan muxolafat milliy majlis raisi Xuan Guaido Barbadosdagi hukumat bilan muzokaralarga   qatnashmasligini e'lon qildi.

Muxolifat yetakchisi Guaido ijtimoiy media akkauntida tarqatgan yozma bayonotida, Norvegiyaning vositachilik qilgan  va Barbadosda  yuritilgan muzokaralar  bir muddat oldin to'xtatilgan

uchrashuv muxolafat jihatidan tugaganini e'lon qildi.

"Nikolas Maduroning diktatorlik rejimi soxta bahonalar bilan muzokaralar stolidan chiqib ketdi. Hukumat muzokaralarga qaytishdan bosh tortgan 40 kundan keyin biz Barbadosdagi muzokaralarning  tugaganini tasdiqlaymiz” deya qayd etdi.

Maduro hukumati bilan siyosiy chiqish imkonsiz deb ta'kidlagan Guaido, mamlakatda ham, chet elda ham hukumatga tazyiqlarning kuchayishini talab qildi.

Venesueladagi Maduro hukumati va Guaido boshchiligidagi muxolafat, Norvegiya vositachiligi bilan Barbadosda, mamlakatda uzoq vaqtdan beri davom etayotgan siyosiy inqirozdan chiqish uchun muzokaralarga  boshlagan edi.

Avgust oyining boshida, Guaido AQShdagi barcha  mol- mulkni Venesuelaga qarshi muzlatishni o'z ichiga olgan sanksiyani qo'llab-quvvatlaganidan so'ng, Maduro hukumati Barbadosdagi muzokaralarda qatnashmasligini e'lon qildi.

Avgust oyi oxirida, hukumat va muxolafat muzokaralarni boshlash uchun qayta aloqaga kirishgan bo'lsa ham, ommaviy axborot vositalari agar Maduro Venesuelaning da'vo qilgan  hududidagi Etsizibo mintaqasiga nisbatan pozitsiyasini o'zgartirmasa, bu safar Guaido muzokaralarda qatnashmasligini e’lon qilgan edi.

 

 



Aloqador xabarlar