Rossiya, Isroil Bosh vaziri Netanyaxuning Iordan vodiysi haqidagi va’dalariga e'tiroz bildirdi

Rossiya, Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxuning Iordan vodiysini anneksiya qilish haqidagi va’dalariga qattiq e’tiroz bildirdi.

1268166
Rossiya, Isroil Bosh vaziri Netanyaxuning Iordan vodiysi haqidagi va’dalariga e'tiroz bildirdi

Rossiya, Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxuning Iordan vodiysini anneksiya qilish haqidagi va’dalariga qattiq e’tiroz bildirdi. 

Rossiya Tashqi ishlar vazirligi tomonidan mavzu haqida yozma ravishda berilgan bayonotda, Netenyaxuning Iordan vodiysi haqidagi ifodalarining arab dunyosi tomonidan salbiy tusda qarshi olinganligi eslatib o’tilar ekan unda shuningdek,

“Isroilning, mintaqadagi taranglikning ortishiga va arab qo’shnilari bilan tinchlik o’rnatish haqidagi umidlarni puchga chiqarishga yo’l ochadigan rejalari yuzasidan qanchalik xavotirda ekanligimizni qayd etmoqchimiz” degan ifodalarga o’rin berildi.

Bayonotda,

Falastin-Isroil masalasining Birlashgan Millatlar Tashkiloti Xavfsizlik kengashining qarorlari, Madrid printsiplari va Arab tinchligi tashabbusi asosida hal qilinishi kerakligiga to’xtalib o’tildi.

Aytib o’tish joizki Netenyaxu 17-sentabrda bo’lib o’tadigan muddatidan oldingi saylov oldidan uyushtirgan matbuot anjumanida, takror saylangudek bo’lsa unda “eng qisqa vaqt ichida” G’arbiy Sheriada o’rin olgan Iordan vodiysini Amerika Qo’shma Shtatlari usuli bilan muvofiqlashtirilgan tarzda “Isroil tarkibiga qo’shib olishini” ma’lum qilgandi.



Aloqador xabarlar