Saudiya podshohi o‘z o‘g‘li Abdulaziz bin Salmon Ol Saudni energetika vaziri etib tayinladi

Saudiya Arabistoni podshohi Salmon bin Abdulaziz Ol Saud energetika vaziri Xolid al-Falihni lavozimdan chetlashtirdi.

1265508
Saudiya podshohi o‘z o‘g‘li Abdulaziz bin Salmon Ol Saudni energetika vaziri etib tayinladi

 

Saudiya Arabistoni podshohi Salmon bin Abdulaziz Ol Saud energetika vaziri Xolid al-Falih bilan sanoat va tabiiy manbalar vazirining o’rinbosari Abdulaziz bin Abdulloh Abdulkarimni lavozimdan chetlashtirdi.

Bu haqda SPA axborot agentligi xabar berdi. 

Xabarga ko’ra, energetika vaziri lavozimiga o‘z o‘g‘li Abdulaziz bin Salmon Ol Saudni tayinlagan. Sanoat va tabiiy manbalar vazirining o’rinbosari lavozimiga esa, Usama bin Abdulaziz az-Zamil tayinlangan.

Saudiya Arabistoni podshohi Salmon bin Abdulaziz Ol Saudning o’g’li Abdulaziz bin Salmon Ol Saud 2017 yildan buyon vazir o‘rinbosari lavozimini egallab kelgan. 

Qarorga binoan, shahzoda Sulton bin Ahmad Ol Saud esa Saudiya Arabistonining Bahreyndagi favqulodda va muhtor elchisi etib tayinlandi.

Energetika vaziri lavozimidan olingan Xolid bin Abdulaziz al-Faloh o’tgan hafta dunyoda neft qazib olish va eksport qilish bo‘yicha eng yirik kompaniya "Saudi Aramco" prezidenti lavozimidan ham olingan edi. Uning o’rniga Saudiya Arabistoni milliy investitsiya fondi rahbari Yasir Osman al-Rumeyyan tayinlangan edi.

Saudiya Arabistoni podshohi va uning o‘g‘li, valiahd shahzoda Salmon Ol Saud o‘z oldilariga iqtisodiyotni modernizatsiyalash va yoshlar uchun ish o‘rinlarini yaratishni maqsad qilib qo‘yishgan. Shu bilan bog‘liq holda podshoh 2018 yilda hukumatda o‘zgartirishlar amalga oshirib, uch yangi vazirni tayinlagan.

 

 

 

 



Aloqador xabarlar